O'lmas Umarbekov.
Odam bo'lish qiyin.
(Roman)

#FFFF80 I

#white 196... yilning jazirama yoz kunlaridan birida Mingbuloqqa kiraverishdagi oq tunuka tomli uyning eshigini yosh bir yigit taqillatdi. Olis yo'l yurganidanmi, yo issiq qattiq ta'sir qilganidanmi uning oq batis ko'ylagi kuraklariga yopishib qolgan, yoqasi ichidan bo'yniga tashlab olgan ro'molchasi jiqqa ho'l edi.
Dam o'tmay u kaftlari bilan yassi peshanasini, baroq qoshlari aralash yuz-ko'zlarini artardi. Ichkaridan hadeganda hech kim chiqavermadi, yigit beso'naqay karton chamadonini qo'liga olib, eshikni oyog'i bilan itardi. Yangi bo'yalgan jimjimador zangori eshik g'iyq etib ochildi. Yigit ichkariga kirdi. Uy tomoni baland so'ridan iborat bo'lgan chorsi hovlida hech kim ko'rinmasdi. Hovlining o'ng biqinidan o'tgan g'isht yo'lka yonidagi gulzorga jildirab suv oqib turardi, yigit shu tomonga qarab, tok tagiga keldi. Shunda u rovonda xontaxtaga tirsaklarini tirab tasbeh o'girib o'tirgan kampirga ko'zi tushdi. Kampirning ko'zlari yumuq, ajin tortib ketgan ingichka lablari nimalarnidir shivirlardi.
- Buvi, - dedi sekin yigit uni cho'chitib yubormaslik uchun.
Kampir ko'zlarini ochdi va ro'parasida jilmayib turgan yigitga tikildi. Keyin birdan o'zini orqaga tashladi-da, dedi:
- Voy, o'la qolay! Abdullamisan?
- Men...
Abdulla chamadonini yerga qo'yib, rovonga ko'tarildi.
- Voy, bo'yingga qoqiy! Voy, sadag'ang ketay! Sen keladigan kun ham bor ekan-ku!
Kampir yoshiga munosib kelmagan epchillik bilan o'rnidan turib, Abdullani quchoqlay ketdi.
- Voy, men o'lay seni tanimay! Indamay termilib o'tiribman-a. Esonmisan, omonmisan? Nechuk, bolam, nechuk? O'zing keldingmi? Oying, dadang eson-omonmi?
Kampir yangi ko'rpacha solib, Abdullani o'tqazar ekan, sevinchi ichita sig'may, shang'illab gapirar, Abdudla esa javob berishga ulgurolmay jilmayardi. U Mingbuloqqa bu gal o'zi kelgan edi. Maktabni oltin medal bilan bitirib, ozod qushdek bo'lgani uchun onasi yolg'iz o'zini yuborishga qarshilik qilmadi. Bir chamadon sovg'a-salom qilib berib, jo'natdi. Abdulla buvisinikiga, umuman, shu qishloqqa kelishni yaxshi ko'rardi.
Qachonlardir Mingbuloq Qo'qonning, qolaversa, butun Farg'onaning eng go'zal sayilgohlaridan biri bo'lgan. Mingbuloqning markazidayoq tolzor takya vodiyning mashhur qiziqchilari, shoir va polvonlarini to'plagan, Qulochga sig'maydigan tollar tagidagi supalarda oshxo'rlar kunni kech qilishgan, shuhrati butun respublikaga tarqalgan ashulachi, cholg'uvchilarning ashula, mashqlarini eshitishgan.
Olis yo'lga otlangan sayyoxlar ham Mingbuloqda to'xtab, devziradan bir siqim osh qilib yeb ketishma-sa, ko'ngillari joyiga tushmasdi. Mashhur Yusufjon qiziqning o'z shogirdi Oxunjon qiziqqa yutqazgan joyi ham shu Mingbuloq bo'lgan. Tumonat odam o'shanda taraf-taraf bo'lib askiyani to'polonga aylantirgan ekan. Bularni Abdulla ko'rmagan, dadasidan eshitgan. Urush sabab bo'lib Mingbuloqning fayzi ketib qoldi. Buzilgan o'choqlar, chirib, namdan mog'or tortgan so'rilar sershovqin tolzor takyaning o'limini eslatadi. Lekin hali ham bu joylarning ko'rki, hisobsiz katta-kichik buloqlar, shoxlari bir-biriga chirmashib ketgan bahaybat tollarning shovur-shuvuri, muzdek havo dilni ravshan qiladi. Abdulla deyarli har yoz ikki-uch hafta oyisi bilan kelib turardi. Ammo ikki yildan beri, otasi kasalga chalinib yotib qolganidan beri kelmagan va buvisini juda sog'ingan edi. Qarib munkillab qolgan, qop-qora bu kampirni u yaxshi ko'rardi, soatlab uning gaplarini eshitardi, zerikmasdi va ko'pincha uning yonida yotib, hikoyalarini tinglab, tong ottirardi.
Hojar buvi ham nevarasini yaxshi ko'rardi. U kelganda o'tqazgani joy topolmay qolardi, agar ko'cha-ko'yda bolalar bilan o'ynab, u yer-bu yeri chaqa bo'lib qaytsa, jig'ibiyroni chiqardi. Abdulla uning yakkayu yagona nevarasi edi. U o'zi ikkita farzand ko'rgan edi. Bittasi, Abdullaning onasi Shahodat, ikkinchisi, kenjasi Obid bo'lib, u shu o'g'li bilan turardi. Shaharga, qizinikiga borganda, ikki kundan ortiq turolmas, shahar shovqini boshini og'ritardi, siqilardi. Buning ustiga u anchagina qari bo'lsa ham, mustaqil hayot kechirishni istardi. O'g'li bilan turishiga qaramay, o'z ro'zg'orini o'zi tebratardi va ko'pincha o'g'li unga yordam berishi o'rniga, o'g'lining kam-ko'stlarini u to'g'rilab yurardi. Shundan bo'lsa kerak, kim bilan gaplashmasin, o'zini mag'rur tutar va dasturxon atrofidagi eng yaxshi duosi: Xudo birovni birovga zor qilmasin! edi.
Qishloqdagilar uni Otinbibi yo bo'lmasa Zavod aya deb atashardi. Abdulla otinbibi deyishlarining sababini bilardi. Hojar buvi anchagina o'qimishli ayol bo'lib, bir qancha kitoblarni, dostonlarni yod bilardi, yoshligida Anbarotinga ergashib, bir qancha g'azallar ham bitgan edi. Lekin u, nima uchun Zavod aya deyishlariga tushunolmasdi. Qachonlardir paxta tozalash zavodiga yangi kelganlardan biri uni Zavod aya! deb chaqirgan, shu-shu Zavod aya bo'lib ketgan.
... Fotihadan so'ng, Hojar buvi darrov dasturxon yozdi, birpasda choy damlab keldi-da, nevarasining yoniga o'tirdi.
- Voy, Abdulla-ey, voy, bolam-ey! Shunday qilib, o'zim keldim degin? Katta yigit bo'lib qolibsan, katta yigit! Dadang qalay?
- Rahmat, tuzuklar, - dedi Abdulla. - Qon bosimlari ancha tushgan. Salom deb yubordilar.
- Salomat bo'lsin. Bu kasal unga qayoqdan yuqa qoldi ekan? Xudo shifo bersa, tuzalib ketar. O'qishing bittimi endi?
- Ha. Oltin medal bilan tamomladim.
- Bo'yingga qoqiy!
Ular anchagina gaplashib o'tirishdi. Abdulla sovg'alarni topshirdi. Hojar buvi ko'ziga yosh olib duo qildi.
- Tog'amgilar qani?
- Tog'ang balnisaga ketgan, - dedi Hojar buvi qandaydir tashvish bilan. - Kelin oyingning ko'zi yoriydigan. Bilmadim bu gal nima bo'lar ekan, - kampir og'ir xo'rsindi. - Har bandaning boshida bir tashvish bor ekan-da, bolam. To'rtta tug'di, to'rttovi ham uyga kelmay qazo qildi. Bunisi endi nima bo'lar ekan? Mayli, ishqilib, tog'angning baxtiga o'zi omon bo'lsin.
Oraga jimlik cho'kdi. Hojar buvi o'z Hayollariga berilib, nevarasini bir daqiqa unutdi. Keyin seskanib, o'rnidan turdi.
- Esim qursin, ovqatga unnamay o'tirishimni qara.
- Ovora bo'lmang, buvi, qornim to'q,
- Ovorasi bor ekanmi? Hozir tog'ang ham kelib qoladi. Sen birpas cho'zilgin. Men darrov osh qilib kelaman. Bor, mening uyimga kir.
Hojar buvi pildirab o'choq boshi tomonga ketdi. Abdulla qishloqqa kelganidan hursand bo'lib, o'rnidan turdi. Ancha vaqt hovlining o'rtasidagi nashvati shoxida kukulab turgan musichani, o'choq boshida g'imirlab yurgan buvisi, mo'ridan g'o'zapoyaning achchiq hidini keltirib, burqsib chiqayotgan ko'kimtir tutunni tomosha qildi, keyin esnab ichkarigi xonaga, buvisining uyiga kirdi. Bu uyni u juda yaxshi bilar va yaxshi ko'rardi.
Uy keng va chorsi bo'lib, hamma devori tokchalardan iborat edi. Tokchalarga har xil tusdagi katta-kichik qutichalar, hisobsiz kosa, choynak-piyolalar terib qo'yilgan edi. Tokchalar o'rtasidagi ustunlarning g'altak o'tqazilgan qoziqlarida har doim dazmollangan va atir sepilgan sochiqlar osig'liq turardi. Odam kam kirgani uchunmi, yo hovlining oftob tushmaydigan joyida bo'lgani uchunmi, uy yoz bo'yi salqin turardi.
Abdulla muzdek beqasam ko'rpacha ustiga cho'zildi. Yumshoq par yostiqning rayhon hidini eslatuvchi yengil, yoqimli hidi gup etib dimog'iga urildi. Qo'llarini yoyib, ko'zlarini yumdi. Hovlida esa musicha hamon kukular, chars-chars yonayotgan g'o'zapoya ovozi unga qo'shilib g'alati, orombaxsh ohang kasb etardi. Imtihon tashvishlaridan qutulgan, yuragi ming xil orzular, noma'lum, ammo porloq kelajak lazzatlari bilan to'lgan Abdulla o'zini nihoyatda baxtli his qilar va mudrar ekan, yuzlarida tabassum o'ynar edi.
Shu ahvolda u qancha yotdi, uxladimi, yo faqat mudradimi, bilmaydi, bir mahal quvnoq, yo'g'on erkak ovozini eshitib, turib ketdi. Deraza yoniga borib, hovliga qaradi.
O'choq boshi oldida tog'asi onasini quchoqlab, baqirardi:
- O'g'il, oyi! O'g'il! Tirik! Tirik!.. Abdulla otilib hovliga tushdi.
- Assalomu alaykum, tog'a.
Obid aka uni ko'rib, onasini qo'yib yubordi va qarshisiga yurdi.
- O jiyan-e! Bormisan?! Juda yaxshi keldingda. Mana sen ham endi jiyanlik bo'lib qolding!
- Tabriklayman. - Abdulla tog'asining qo'lini siqdi.
- Hoy, menga qara, o'zini ko'rdingmi? - qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
- Ko'rdim. Qop-qora bir jish, - dedi Obid aka kulib.
- Nafasingni sovuq qilma! Qora bo'lsa, o'zimizga o'xshar ekan-da.
- Kimga o'xshasa ham boshi omon bo'lsin, oyi!
- Xudoyo aytganing kelsin. Hoy, Obid, samovarni yangila, hali zamon oshim tayyor bo'ladi.
Obid aka sevinchidan nimanidir xirgoyi qilib, samovar qo'ya boshladi. Birdan u qaddini rostladi va o'choq boshiga qarab baqirdi:
- Oyi! Otini nima qo'yamiz?
- Qaydam? O'zlaring bilasanlar.
Hojar buvining shunday deyishida jon bor edi. Bu uyda hamma narsa uning izmida bo'lib, uning aytgani-aytgan, degani-degan edi. Oldingi nevaralarining hammasiga ham tug'ilmasdan ism qo'ygan, uydagilar rozi bo'lishgan edi. Lekin ularning bittasi ham turmadi. Kampir ko'nglida bunisiga o'g'il bo'lsa To'xtasin, yo Tursun, qiz bo'lsa Umrinisa qo'yishni niyat qilib qo'ygan edi. Ammo hozir ko'nglini ochgisi kelmadi. Chaqaloqlarning turmasligiga o'zini aybdor his qilganidan o'zini bu gal chetga tortdi.
- Qaydam? O'zlaring bilasanlar, - dedi u yana ancha jiddiy tusda.
- Bo'lmasa... - dedi Obid aka Abdullaga ko'z qisib qo'yib. - Tursun bo'lsin.
Hojar buvi o'choq boshidan chiqdi. Uning ko'zlari jiqqa yosh edi.
- Aytganing bo'lsin... - dedi o'pkasi to'lib. - Omin! Nevaramning umri uzoq bo'lsin. Boshi toshdan bo'lsin!..
Hojar buvi yog'liq qo'llarini yuziga surtdi-da, yengining uchi bilan nam ko'zlarini artdi. Abdulla ko'z oddida yuz bergan bu voqeadan sevinishini ham, sevinmasini ham bilmay, qaqqayib turib qolgan edi. Obid aka buni sezdi shekilli, yelkasini bir-ikki qoqib qo'yib:
- Mana, jiyanlik ham bo'lib qolding, - dedi. Abdulla jilmaydi.
Ko'p o'tmay hovli qo'ni-qo'shniga to'lib ketdi. Hamma shang'illab yangi mehmon bilan tabriklar, hazillashar, biri olib, biri qo'yib, qandaydir maslahatlar berardi.
- Zavod aya! Endi po'lat sandiqni shamollatadigan bo'ldingiz-da? Beshik to'yi o'zi bo'lmaydi.
- Nima deyapsiz o'zi! Zavod ayaning po'lat sandiqlaridagi bisot o'nta beshik to'yiga yetadi.
- Bahona bilan sarpolik bo'lib qolarkanmiz-da, Otinoyi..
- Senlarga gap bo'lsa! - dedi o'choq boshidan kapgir ko'tarib chiqqan Hojar buvi. - Mening po'lat sandig'im bilan nima ishlaring bor?
- O'zingiz bilan olib ketmang deyaptilarda, - dedi yosh bir juvon.
- Tiling kesilsin, Buvinisa! - dedi jahli chiqqan bo'lib Hojar buvi - Senga kimxob kamzulimni atab qo'yuvdim. Endi berib bo'pman! Nevaramni uylantiraman deb yuribmanu hali?!
- Ishqilib aytganingiz kelsin, Zavod aya! Nevarangizning boshi toshdan bo'lsin.
Yana ancha shang'illab gaplashib, tarqalishdi. Gap bilan bo'lib osh tagiga olib ketganini hech kim sezmabdi.
- Mayli, ertaga boshqa qilib berarsiz, - dedi Obid aka. - Biz jiyan bilan bedana otib kelamiz. Nima deysan, jiyan?
- Zo'r bo'lardi, - dedi Abdulla sevinib. - Hech bedana oviga bormaganman.
- Bo'pti. Azonda uyg'otaman bo'lmasa.
Shu tun Abdulla allamahalgacha Hayol surib yotdi. U Mingbuloqqa kelganidan hursand, shuning uchun Hayollari ham Mingbuloqdek toza, sho'h va tiniq edi.

#FFFF80 II

#white Obid aka va'dasiga muvofiq, g'ira-shirada Abdullani uyg'otdi.
- Borasanmi?
- Bo'lmasam-chi! - dedi Abdulla ko'zlarini ishqalab.
Shunday dedi-yu, lekin erinchokdik bilan o'rnidan turdi. Hovliga tushganda, Obid aka eski shim-ko'ylak, rezinka etik kiyib olib, beliga o'qdon bog'lab turardi.
- Anovilar senga, - dedi u rovonga ishora qilib. - Bedazor hozir nam, kiyimingni rasvo qilasan.
Abdulla apil-tapil yuvinib, tog'asi tayyorlab qo'ygan eski bir kombinezonni kiydi. Kombinezon katta kelib, pochalari osilib tursa ham unga yarashdi. Bir poyining tagi ko'chgan etikni kiyganda esa, tog'asi kulib dedi:
- Traktorchi bo'lding qo'yding.
- Tuzzukmi?
- Tuzzuk bo'lganda qandoq!..
Hojar buvi kechagi oshning go'shtlarini ikkita nonga bosib, to'rvaga solib berdi.
- Shu yerda yeb ola qolaylik? - so'radi Abdulla qorni ochligini sezib.
- U yokda yeymiz. Buning ham o'ziga yarasha gashti bo'ladi, - dedi Obid aka. - Nima deding?
- Mayli.
- Hayallab qolmanglar, Obid, - dsdi Hojar buvi. - Zahroga ovqat olib borasan-a. Shirguruch qilib qo'yaman.
- Xo'p.
Ular yo'lga tushishdi. Eshikka yetganda Obid aka:
- Teshavoy! - deb chaqirdi.
Qayerdandir kichkina olachipor, shalpangquloq it paydo bo'lib, ularning oldiga tushdi.
- Qayerdan oldingiz buni, tog'a? - so'radi Abdulla itga odamning ismi berilganiga hayron bo'lib.
- Bir ovchi o'rtog'imdan oldim. Uning ham oti Teshavoy. It desa, ov desa o'zini tomdan tashlaydi. Zo'rg'a oldim. Bir oy yalinib yurdim. Oxiri berdi.
Obid aka, o'sha yalinib yurgan kunlari esiga tushdi shekilli, kulib qo'ydi.
- Bir kuni uyiga borsam, hovlida o'ynatib o'tiribdi. O'zida bir emas - to'rtta. Tag'in shundog' itlar-ki, sherni tutib kel desang, tutib keladi. Ko'p bo'lsa ko'z to'ymas ekan-da. Buni poylab yurib, yangi tug'ilganda oshnasinikidan o'g'irlab kelgan. Ko'rdimu mahkam yopishib oldim. O'sha kuni endi ko'zini ochgan ekan. Men ham unga ko'p yaxshilik qilganman-da, oxiri yo'q deyolmadi. Qo'liga olib, tumshug'idan o'pdi. It g'ingshib qo'llarini yalay boshladi. Yana aynib qolmasin, deb sekin gap boshladim. Teshavoy... deganimni bilaman, it tumshug'ini menga o'girdi. Ikkalamiz kulib yubordik. Mayli, ola qol, dedi itni menga uzatib. Otini nima qo'yding? deb so'radim, shoshib itni olar ekanman. Hozir o'zing qo'yding-ku, Teshavoy-da, dedi. Shu-shu Teshavoy bo'lib ketdi.
It o'zining nomini eshitib, to'xtadi-da, buyruq kutgandek Obid akaga ingichka qora tumshug'ini cho'zdi.
- Bor, bor, seni chaqirganim yo'q, - dedi Obid aka qo'li bilan yo'lga ishora qilib.
Teshavoy kichkina oppoq dumini likillatib, oldinga chopib ketdi.
- Yaxshi it chiqdi, haromi, - dedi Obid aka havas bilan unga qarab. - Hali yana o'zing ko'rasan.
Ular olmazor etagidagi so'qmoq yo'lga burilishganda, quyosh tog' ortidan endigina mo'ralay boshlagan edi. Olma shoxlaridagi sarg'aya boshlagan yaproqlar oltin tangalardek yaraqlardi.
Ular ikki kilometrcha yurib, kanal bo'yiga chiqishdi. Shu yerda qishloq tugab, keng ekinzor boshlanardi. Popuklari qizarib, yetilib turgan jo'xorizor, uning orqasi ketgancha paxtazor edi. Obid aka jo'xorizorni aylanib o'tishganda:
- Keldik, - dedi va miltig'ini yelkasidan oldi. Abdulla oldida bedasi o'rilgan yaxlit karta yastanib turardi.
- Qani, birpas o'tiraylikchi, hozir boshlanadi, - dedi Obid aka sirli ohangda.
Ular ariq labiga omonatgina o'tirishdi. Abdulla tog'asi nimani boshlanadi, dedi, tushunmadi. So'rashga esa uyalib, bedazorga tikildi. Jimjit. Hech qanday qushning ovozi eshitilmasdi. Yengil shabada bedaning chuchmal hidini dimoqqa urib esardi. Ular ancha o'tirishdi. Obid aka oyoqlari orasida tilini osiltirib yotgan Teshavoyning boshini silab, xuddi Abdulladek bedazorga tikilardi. Ammo bedazor hamon tinch, unda biron jonivor borligidan asar yo'q edi. Bir-ikki marta chumchuq galasi gur etib ko'tarilib, jo'xorizor ichida g'oyib bo'ldi, xolos. Abdulla zerikdi va tog'asiga o'girilib:
- Hech narsa yo'q-ku? - dedi.
- Tiss! - dedi Obid aka nimagadir quloq solib. Shu top qishloq tomonda sigir ma'radi, keyin qayerdadir yaqin bir joyda nimadir tiq etdi. Yana nimadir taqilladi. Baqami, allanarsa bir-ikki marta g'uvak-g'uvak degan tovush chiqardi. Obid aka Abdullani turtib, eshit, dedi. Abdulla shu so'zni eshitishi bilan bir bedanining pidpildiqlab ketganini payqadi. Ovoz juda baland va tiniq edi. Ko'p o'tmay bedazorning har chekkasida bedanalar sayray boshladi. Abdulla qaysi biriga quloq solishini bilmay qoddi. U yosh boladek sevinib, ariq bo'ylab u yoqdan bu yoqqa yugurar, qayoqda bedana balandroq sayrasa shu yoqqa o'zini otardi.
- Boshlaymizmi? - so'radi Obid aka.
- Birpas turing.
Abdulla, o'lim xavfini sezmay, o'z ovozidan zavqlanib sayrayotgan bedanalarga quloq solish bilan band edi, u bu daqiqaning iloji boricha cho'zilishini istardi.
- Kech bo'lib ketadi. Orqadan odam o'tib qolishi mumkin, - dedi Obid aka, lekin joyidan qo'zg'almadi.
Bedanalarning xori tinganday bo'ldi. U yer-bu yerdagina siyrak eshitilib qolardi.
- Endi boshlaymiz!
Obid aka o'rnidan turdi. It bir sakrab ariq ichidan chiqdi-da, tizzasigacha botib, bedazor ichiga sho'ng'idi. Besh metrcha doira chizib aylangach, egasining oldiga kelib, tumshug'ini cho'zdi.
- Ol, - dedi Obid aka qo'lini oldinga bigiz qilib.
It yugurib ketdi. Obid aka belidagi ancha-muncha ilgak osilgan kamarini tuzatar ekan, Abdullani ogohlantirdi:
- Faqat orqamdan yurasan. Yonimga ham, oldimga ham o'tma.
- Xo'p, - dedi Abdulla ho'l bedazorga qadam qo'yib. - Ancha otamizmi?
- Qancha kerak?
- Besh-oltita otolarsiz? Obid aka kuldi.
- Besh-oltita otish mumkin. Juda bo'lmasa...
U gapini tutatmadi, paq etgan o'q tovushi eshitildi. Abdulla nima bo'lganini anglab yetguncha, Teshavoyning og'zida bir qanotini silkitib turgan bedanani ko'rdi. It qoyil ish qilgandek, o'zidan mamnun bo'lib, dumini likillatgancha Obid akaga tikilib turardi.
- Opkel! - dedi Obid aka tizzasiga urib.
It yugurib egasining oldiga keldi. Bedana hamon tirik edi. Qanotini silkitib, qon tumshug'i bilan itning yuziga urilardi. Obid aka uni itning og'zidan oldi-da, kamaridagi ilgaklardan biriga bo'ynidan ildi. Osilib qolgan bedana bir-ikki silkinib, tinchidi.
- Semiz ekan, - dedi Obid aka miltiqni o'qlar ekan. - Bu ham sening omading.
Abdulla indamadi. Birinchi marta ovga chiqqani uchunmi, ovning bunday bo'lishini Hayoliga keltirmagan, otilgan narsa o'sha zahoti o'lar, deb o'ylagan edi. U ko'zini tog'asining belida likillab turgan bedanadan uzolmas, o'q teshib majaq bo'lgan tumshug'i ko'nglini aynatardi. Hozirgina sayrab turuvdi, - o'yladi u bir-ikki tupurib... - Endi sayramaydi. Endi pati yulinadi, yuvilib, tozalanib oshga bosiladi. Kim yer ekan? Men yemayman..
- Qayoqda qolding? Yurmaysanmi? - qichqirdi Obid aka.
Abdulla o'ziga kelib, tog'asining ancha ilgarilab ketganini, uning oldida it dumini cho'zib, nimanidir iskab turganini ko'rdi. Ovning zavqi baland kelib, Abdulla hozirgina ezilib Hayolidan o'tkazgan gaplarni unutdi-da, itga tikildi, Teshavoy birpas tumshug'ini cho'zib turdi, keyin sakradi. Nimadir uning oldida pir etib ko'tarildi. Shu zahoti o'q uziddi. Qush bir-ikki qanot qoqib yiqildi. It u tushgan joyga qarab yugurdi.
- Opkel! - dedi Obid aka yana tizzasiga urib. Teshavoy nimanidir tishlab, egasining qarshisiga yugurdi. Bu ham bedana edi. Lekin bunisi o'q tegishi bilan o'lgan, shuning uchunmi, yo ikkinchi marta ko'rib ko'nikdimi, Abdulla jirkanmadi.
Quyosh toshloq ustida odam bo'yi ko'tarilib, cho'g'dek qizg'ish nurlarini socha boshladi. Kimningdir qichqirgani, keyin motor gurillagani eshitildi. Oddiy, har damgidek mehnat va zavq bilan to'la yangi kun o'z hayotini boshladi. Allaqayerda qo'shiq yangray boshladi. Radiodanmi, yo qishloqning o'zidanmi - Abdulla ajrata olmadi. Qo'shiq bedanalarning sayrashiga qo'shilib, g'alati, shu paytgacha u eshitmagan, go'zal ohang kasb etdi. Ovni unutib, u shu atrofini to'ldirib turgan ohanglarga zavq bilan quloq sola boshladi. Ko'p o'tmay qo'shiq tindi, ammo bedazor esa hamon qandaydir sirli, ammo sho'x, o'ynoqi ohanglar bilan to'la edi.
Yana o'q uzildi. Abdulla cho'chib ketdi.
- Sanayapsanmi, nechta bo'ldi? - qichqirdi Obid aka.
Abdulla uning yoniga keldi. Obid aka Teshavoyning og'zidan yangi o'ljani olar ekan, jiyaniga g'urur bilan qarab qo'ydi.
- Besh-oltita devdingmi, boya?
- Ha, - dedi Abdulla ilgaklardagi bir tekisda osilib turgan bedanalarga tikilib. - Lekin ko'p otganga o'xshaysiz...
- Ma, sana.
Obid aka kamarini yechib, kichkina bir tasmani oldida, ilgaklarni shunga o'tkazdi va tugun qilib, jiyaniga uzatdi.
- Bugun bedana ko'p. Yana shuncha otsak bo'ladi. Qani, ol, Teshavoy!
U shunday deb oldinga yugurgan itning ketidan yo'lga tushdi. Abdulla o'ljalarni sanadi. O'n bitta bo'libdi! Birpasda-ya! - hayron bo'ldi u va faxr bilan tog'asiga tikildi.
Bedazorni ikkinchi marta aylanib chiqishganda, o'ljaning soni o'n beshtaga yetdi. Obid akaning kayfi chog' edi.
- Qalay, ov tuzukmi? - dedi nonushta qilgani o'tirishganda,
- Zo'r, - jilmaydi Abdulla.
- Aslida ishimni tashlab ovchilikka o'tib qo'ya qolsam ham bo'lar ekan.
- Hali ham traktor haydaysizmi?
- Sal balandrokdan kel. Hamma traktorchilarning boshlig'iman hozir.
- O'sibsiz-da, - dedi Abdulla ishtaha bilan go'sht yer ekan.
- O'sganda qandoq! O'n yilda brigadir bo'ldim, yana yigirma yildan keyin rais bo'lsam ajab emas.
Ikkovi kulishdi.
- Ishim yaxshi, - dedi Obid aka bir ozdan so'ng Teshavoyga suyak tashlar ekan, jiddiy ohangda: - Jamoada o'ttizta traktor bor. Qishin-yozin tinmaydi. Topish ham shunga qarab. Yaqinda mashina olaman. Kelinoying tug'sa, bola o'lmasa, mashinada butun respublikani aylanib chiqaman, deb niyat qilib qo'ygan edim. Bir yog'i Arslonbob, bir yog'i Chimyon... Niyatimizga yetadiganga o'xshaymiz. Ishim yaxshi-yu, o'qimadim-da, jiyan... - Obid aka xo'rsinib qo'ydi... - Urushdan qaytib kelganimda o'qimoqchi edim. Lekin bu fikrdan qaytdim. Qimmatchilik, jamoa xarob, qishloqda deyarli erkak qolmabdi. O'shanda rahmatlik Mannop ota rais edi. Sen uni ko'rganmiding?
Abdulla yo'q deya boshini qimirlatdi.
- Ajoyib odam edi. Yoshligida otdan yiqilib, oyog'i singan va umrbod cho'loq bo'lib qolgan. Shu ham qo'ymadi. O'qish qochib ketmaydi. O'qirsan ham, olim ham bo'larsan. Lekin uka, - dedi. - Qishloqqa qara, bitta ham butun uy yo'q. Jamoa bundan beshbattar. Dehqon odam buni tushunadi. Qol uka, - dedi, qoldim. Keyin ishga berilib ketib o'qish Hayolimdan ko'tarildi. Endi kech. Endi o'qib qayoqqa borardim? Sen nima qilmoqchisan? Ishlaysanmi, o'qiysanmi?
- O'qiyman, - dedi Abdulla negadir uyalib. - ToshDUning fizmatiga kirmoqchiman.
- Durust, - dedi Obid aka. - Matematikani yaxshi ko'rasanmi?
- Ha.
- Durust. O'qi, jiyan, o'qi. Oyingning sendan umidi katta. Bor ishongani sen. Dadang mana yotib qoldi. Hozir qalay, durustmi?
- Tuzzukday.
- Ishqilib tuzalib ketsin. Yomon kasalga chalinib qoldi. Giper... gim... Nima edi nomi?
- Gipertoniya.
- Gipertoniya, - qaytardi Obid aka. - Oti qursin. Uzoq yili kelganda ancha yaxshi edi. Bir hafta turdi chamamda o'shanda, a?
- Ha.
- U bilan ham ovga chiqqan edik. Hu anavi yoqqa. - Obid aka paxtazorning etak tomoniga ishora qildi. - Dadang, Teshavoy mergan, men. Dadang yaxshi otadi. Adashmasam o'ttiz-qirqta bedana otuvdik o'shanda. Kechqurun Buloqboshida osh qildik. Yarmini oshga bosdik. Yarmini kabob qildik. Ancha tuzuk edi dadang o'shanda.
Obid aka o'ylanib qoldi. Keyin cho'ntagidan g'ijimlanib ketgan papiros olib, shoshmasdan tekisladida, tutatdi.
- Dadangni yaxshi ko'raman. U menga juda ko'p yaxshilik qilgan, uylantirgan, to'yga o'zi bosh bo'lib turgan.
- Bormaysizmi? - so'radi Abdulla.
- Boraman. Kennoying qaytsin. Bir o'ttiz-qirqta bedana otib olib boraman.
- Mumkin emas.
- Mayli, yemasa ham ko'ngli ko'tariladi. Qani, turdikmi?
- Mayli, - dedi Abdulla qo'zg'alib.
- Yana ikki marta aylanib chiqamiz. Shu bilan bo'ldi. Teshavoy, yur!
It xuddi shu gapni kutib turgandek, bedazorga tashlandi.
Endi Abdulla ovga ko'nikkan, hatto unga qiziqib ham qolgandi. U zavq bilan Teshavoyning harakatlarini kuzatar, har o'q otilganda Ura! deb qichqirardi. Bedazorning orqasidagi arava yo'lda tarvuz ortilgan avtokachka ko'ringanda Obid aka ovni to'xtatdi. Abdulla qarshilik ko'rsatmadi.
Aravadagi yigit Obid akani tanidi shekilli, salom berib:
- Qalay, ov tuzukmi? - deb so'radi.
Obid akaning o'rniga Abdulla javob berdi:
- Yigirma beshta otdik, mana.
U g'urur bilan qo'lidagi tasmaga tizilgan bedanalarni ko'rsatdi. Aravakash kallasini liqillatib:
- Qoyil! - deb qo'ydi.
Keyin uni chaqirib bitta tarvuz uzatdi.
- Aytgandek, Obid aka, - qichqirdi yigit, - o'g'il muborak bo'lsin!
- Rahmat.
- Buloqboshida bitta osh qilib berasizda endi devziradan! Bedana bosib!
- Osh sendan aylansin, Homid. Qilib beraman. Aravakash yo'lga tushdi. Abdulla tarvuzni ko'tarib, tog'asining orqasidan yurdi. Ariq labiga yetishganda:
- Cho'lladik-ku, tarvuzni shu yerda yeb qo'ya qolaylik, - dedi Obid aka. - Ko'tarib yurasanmi?
Ular eski joyga chordona qurishdi. Obid aka buklama pichog'ini tarvuzning dumiga shunday tekkizishi bilan yorilib ketdi. Qip-qizil chinni tarvuz buloq suvidek muzdek va shirin edi. Obid aka bitta tilimni itning oldiga qo'ydi. Abdulla itning tarvuz yeyishini shunda ko'rdi. Teshavoy dumini likillatib yer ekan, xuddi odamga o'xshab danagini ajratib tashlardi.
- Zo'r-ku, - dedi Abdulla hayron bo'lib.
- Nima deyapsan! Uyda biz nima yesak, bu ham shuni yeydi...
Obid aka yana nimalarnidir deb, itni maqtamoqchi edi, jo'xorizor etagidan bitta bedananing juda baland sayragan ovozi eshitilib qoldi. Abdulla haligacha bunchalik o'tkir va tiniq ovozni eshitmagan edi. U-ku mayli, Obid aka ham yeb turgan tarvuzi og'zida qolib, quloq sola boshladi. Bedana bir ohangda tak-tarak, tak-tarak qilib, ozgina dam olar, keyin bir yo'la sakkiz-to'qqiz marta taraklardi. Bir necha marta shu qaytarilgach, Obid aka o'rnidan turdi.
- Qayoqqa? - so'radi Abdulla tog'asining nima qilmoqchi ekanligini sezgan bo'lsa ham.
U shu bedanining otilishini istamas edi. Lekin Obid aka unga javob bermadi. Egasining harakatlarini tushungan it jo'xorizor tomon yugurib ketdi.
- Tog'a, shuni otmang! - dedi Abdulla uning orqasidan bo'g'ilib.
Obid aka eshitmadi. Abdulla ularga birpas qarab turdi-da, keyin o'sha yoqqa yugurdi. Lekin u kech qolgan edi. Teshavoy qiyinchiliksiz bedanani topgan, tumshug'i bilan pishillab uni cho'chitgan edi. Abdulla bedananing sakrab ko'tarilganini ko'rdi. O'q ovozi jarangladi. Bedana patirlab havoda bir-ikki aylandi-da, jo'xori ichiga sho'ng'idi. It uning orqasidan yugurdi. Shu payt Abdulla jon holatda qichqirdi:
- Tog'a, itni chaqiring! O'zim tutaman, Teshavoy! Obid aka uni tushundi va tizzasiga urib, itni chaqirdi. Teshavoy istar-istamas to'xtab, orqasiga qaytganda, Abdulla ularga yetib keldi.
- Shuni otmasangiz bo'lardi, - dedi u zarda bilan.
- Ha, chakki bo'ldi, - achinib gapirdi Obid aka. - Qanotiga tekkanga o'xshaydi o'q, balki tuzatarmiz.
Abdulla jo'xorizor ichiga kirib, bedanani qidira boshladi. U ariqdan bu ariqqa o'tdi, lekin bedana ko'rinmasdi. Jo'xorizorning o'rtasiga kelib, poyalarni qayirdi-da, oldinga tikilib qayoqqa borishini bilmay turib qoldi. Oldinda bir odam ko'ringanday bo'ldi. Abdulla birikki ariqdan o'tib, yaxshilab qaradi. Undan o'n ariqcha narida oq ko'ylakli, oq durra tang'ib olgan bir ayol cho'kka tushib hovuchidagi yaralangan bedanaga tikilib turardi. Abdulla uning yuzini ko'rmadi. Bedana tutilganidan va uning tirikligidan hursand bo'lib, ayolning yoniga bordi.
- O'lmabdimi?
- O'lsa sizga og'irligi tusharmidi?
Ayol jahl bilan shunday dedi-da, Abdullaga qaramay hansirayotgan bedanani og'ziga olib borib tili bilan ho'lladi. Abdulla qo'ng'iroq ovozidan ayolning yosh qiz ekanligini sezdi. Ammo uning qo'pol javobidan ranjigan bo'ldi.
- Shuncha otganlaring yetmasmidi?! - dedi qiz yana boshini ko'tarmay.
- Men ham shunday devdim, - Abdulla qizning yoniga engashdi. Engashdi-yu, unga bir qarashi bilan o'tirib qoldi. - Gulchehra?
- Voy, sizmidingiz? - qiz ham uni tanib, beixtiyor bo'sh qo'li bilan etagini pastroq tortib qo'ydi.
Ikkalovi bir daqiqa jim qolishdi. Qiz negadir uyalib boshini eggan, Abdulla esa og'zi ochilib, unga tikilib qolgan edi. Qizning bir-biriga tutash qalin qoshlarigacha tushgan jo'xori popuklari jamalak bo'lib yopishib qolgan oppoq durrasi, qiyiq ko'zi va kichkina burni ustida osilib turgan bir tutam jingalak sochi, bir qanoti singan bedanaga achinganidanmi, yo kutilmagan uchrashuvdan uyalganidanmi titrab turgan dumaloq lablari uni lol qilib qo'ygan edi. Ikkalovining nazarida shu sukut ichida o'tgan bir daqiqa uzoq bir soatdek ko'rina boshlagan bo'lsa ham, nima deyishlarini bilmay, jim o'tirishardi. Nihoyat Abdulla biron narsa deyishga qaror qilib, yo'taldi. Keyin:
- Tuzalib ketarmikin? - dedi.
Qiz birdan yuziga qizillik yugurib, Abdullaga ko'z qirini tashladi.
- Tuzaladi, bir qanoti sinibdi, xolos. Ko'ring. Qiz shunday deb, kaftida yonboshlab yotgan bedanani unga uzatdi. Bedana halloslar va kichkina ko'zlarini pirpiratib, ularga yalinganomuz tikilardi.
- Yaxshi sayrayotgandi, - dedi Abdulla.
- Ha, - qiz jonlanib ketdi. - Men ham ishimni tashlab quloq solib o'tiruvdim. Yaxshi sayrayotuvdi.
- Nima qilayotgan edingiz?
- Jo'xori qayirayotgandim, - qiz yonidagi jo'xori solingan savatni ko'rsatdi. - Dadamlarga. Yaxshi ko'rasizmi?
Qiz uyalinqirab boshini egdi va yana yuziga qizillik yugurdi.
- Dadamlar yaxshi ko'radilar.
- Men ham yaxshi ko'raman. Jo'xori kavob shirin bo'ladi.
- Abdulla! Abdulla, hoy! - chaqirdi Obid aka kanal tomondan.
Abdulla javob bermadi, u jilmayganicha Gulchehraga tikilib, yana nima desam ekan? deb o'tirar, bu yerdan ketishni istamasdi.
- Tog'angiz chaqiryaptilar, - dedi Gulchehra qo'zg'alib va bedanani uzatdi. - Oling.
- Sizniki bu endi.
- Nega? - sevingandek bo'lib so'radi qiz.
- Siz topdingiz, sizniki bu.
- Bo'lmasa tuzalganida qaytarib beraman. Abdulla kuldi.
- Ketdikmi? - so'radi qiz.
- Mayli.
Abdulla savatni ko'tarib, qizning orqasidan yurdi. U nihoyatda shod edi.
Jo'xorizordan chiqishganda, Obid aka kanal bo'yida miltig'iga yuzini tirab o'tirardi. Ularni ko'rib, boshini ko'tardi.
- Muncha hayallading?
- Tutish qiyin bo'ldi, - dedi Abdulla Gulchehraga ko'z qirini tashlab.
- Tirikmi ishqilib? - xavotirlanib so'radi Obid aka.
- Bir qanoti sinibdi, - dedi Gulchehra.
- Tuzatmoqchi, - dedi Abdulla unga ishora qilib.
- Ha, durust.
Ular yo'lga tushishdi. Obid aka oldinda, Abdulla bilan Gulchehra orqada. Anchagacha jim borishdi. Qishloqqa yaqinlashganda Gulchehra sirli ohangda dedi:
- Aytganday, tabriklayman.
- Nima bilan! - hayron bo'lib so'radi Abdulla.
- Medal bilan. Abdulla jilmaydi.
- Rahmat. Qayerdan bildingiz?
- Butun qishloq biladi, - dedi qiz ham jilmayib. U juda chiroyli jilmayardi. Abdulla o'zi sezmay, beixtiyor unga tikilib qoldi.
- Men keldim, - dedi Gulchehra ko'prikka yetishganda.
Abdulla qo'lidagi savatni unga uzatdi.
- Sizni qachon tabriklayman?
- Tabriklashingiz mumkin. Men ham bitirdim.
- Nahotki? - Abdulla uyalib ketdi. - Kechirasiz, esimdan chiqibdi. Ancha bo'ldi ko'rishmaganimizga.
- Ikki yil, - dedi Gulchehra unga g'alati qarab. - Unutishingiz tabiiy.
- Kechirasiz.
- Hechqisi yo'q. Ertaga ziyofatimiz bor. Keling.
- Rahmat.
Gulchehra ko'prik yonidagi darvoza tomon yo'l oldi. U bir qo'lida ingichka beliga tiralgan savat, bir qo'lida bedana ko'targanicha yengil chuvagini shapillatib ketar ekan, Abdulla uzoq vaqt ketidan qarab qoldi.

#FFFF80 III

#white O'zgarib ketibdi, - o'ylardi Abdulla uyga qaytar ekan. - Juda o'zgarib ketibdi. Nahotki ikki yil ichida shunday o'zgarish mumkin bo'lsa? Ilgari qop-qora qiltiriq bir qiz edi. Endi-chi? 
Abdulla shunday oylar ekan, Gulchehra bilan, chiroyli, kelishgan qiz bilan tanishligidan mamnun  bolib  qoydi. Nima  dedi?  ha, Ikki  yil,  unutishingiz  tabiiy,  dedi.  Demak,  u Abdullani unutmabdi. Bolmasa korishmaganini hisoblab yurarmidi?! 
Abdulla jilmaydi. Bolaligi, Gulchehra bilan bolgan damlari koz oldidan ota boshladi. U bu qizni anchadan beri tanir edi. qishloqda ular yurmagan soqmoq, ular qilmagan shoxlik qolmagan. Gulchehraning  otasi Obid  akaning  qalin  ortogi  bolib,  yoshlikdan  birga  osishgan, hattoki ikki yilcha urush davrida bir qismda xizmat qilishgan edi. Abdullaning bilishicha, Yusuf aka yigitlik choglari anchagina shox bolib, u bor joyda janjal chiqishi tabiiy ekan. 
Lekin urushdan keyin qishloqiga qaytgach, ozgarib ketdi. Front uni shunday qilib qoydimi, yo bola-chaqa tashvishi kopayib, quyilib qoldimi, harholda, u juda momin-qobil bolib qoldi. Yaxshi  ishladi.  Bundan  besh-olti  yil  muqaddam  uning  brigadasi  paxtachilikdan  yuksak korsatkichlarga erishgani uchun unga qahramon unvoni berildi. 
Gulchehra Yusuf akaning tongich farzandi bolib, bolaligida xuddi otasiga oxshagan shox edi. Deyarli har kuni uyiga u yer-bu  yeri chaqa bolib qaytardi. Onasi urishar, Yusuf  aka  esa faxrlanardi. Otasining urishmasligini yaxshi bilgan Gulchehra battar shoxlik qilar, kopincha oyinqaroqlikda ogil bolalarni orqada qoldirib ketardi. 
Abdullaning  hali-hali  esida,  qishloqda  urush  yillari  Dadavoy  amaki  degan  bir  odam yashardi. qayoqdan kelib qoldi bu yerga, nima ish qiladi, hech kim bilmasdi. Erta saharda uyidan chiqib ketib, yarim kechada qaytardi. Doim bir xil kiyinardi, togrirogi, tizzalari yamoq kalta shimi va jazirama yoz kunlari ham boshidan tushmaydigan uchi nayza soldatcha qalpogidan boshqa uning hech narsasi yoq edi. U qishloq hayotiga aralashmas, odamlarga qoshilmas, lekin negadir uning nomini hurmat bilan tilga olishardi. Nima uchun shunday - bolalar buni bilishmasdi. Uning  kamgapligidanmi,  yo  salomga  alik  olmasligidanmi,  bolalar  uni  xushlashmasdi,  hatto undan chochishardi.
Bir kuni uning loy tomida bir burgut paydo bo'lib qoldi. Abdulla o'shanda yozgi kanikulga kelgan edi. Gulchehra uni yetaklab, Dadavoy amakining uyiga olib bordi.
- Ko'ryapsanmi? - dedi loy tomga ishora qilib.
Abdulla avval hech narsani payqamadi. Keyin mo'rining yonida bukchayib turgan bir narsaga ko'zi tushdi.
- Nima?
- Burgut! - dedi Gulchehra ovozini pasaytirib. - Kecha ko'rib qoldim. Bilmadim, amaki qayoqdan olib keldiykin? Hozir yaxshilab ko'rsataman.
Gulchehra ko'chaning narigi betiga o'tib, burgutga kesak otdi. Burgut seskanib tumshug'ini cho'zdi. Keyin alanglab atrofga qaradi-da, bitta-bitta qadam tashlab mo'rining orqasiga o'tdi. Uning bir oyog'iga zanjir bog'langan edi.
- Amaki buni nima qilar ekan?
- Qaydam? - dedi Gulchehra. - Balki uyiga poyloqchi qilib qo'ygandir.
- Burgut uy poylaydimi? - hayron bo'ldi Abdulla.
- Nega poylamas ekan? It poylaydi-ku?!
- It boshqa gap.
- Bilsang, burgut itdan ham zo'r.
Ular anchagacha ko'chaning chetida tomga tikilib o'tirishdi. Ammo burgut joyidan qimirlamadi.
- Bilasanmi, - dedi Gulchehra bir mahal. - Bechoraga rahmim kelib ketyapti.
- Nega?
- Och bo'lsa kerak. Amaki kun bo'yi uyida bo'lmaydi.
- Kel, ul-bul beramiz, - taklif qildi Abdulla.
- Nima beramiz? - Gulchehra xo'rsindi. - Burgut xom go'sht yeydi-ku!
- Nima qilibdi? Biz ham xom go'sht beramiz.
- Qayerdan olamiz? Bizda bo'lganda oyim allaqachon ovqat qilardilar.
Ikkalovi o'ylanib qolishdi. Lekin qancha o'ylashmasin, go'sht topishning evini qilisholmadi.
- Non yemasmikin? - so'radi bir mahal Gulchehra umid bilan. - Bizda zog'ora non bor, bir xalta!
- Bilmadim. Kel, berib ko'ramiz.
Ko'p o'tmay ikkalovi Gulchehra uyidan o'g'irlab kelgan bitta zog'ora nonni Dadavoy amakining tomiga otishdi. Ammo burgut ularning mehribonchiligiga parvo qilmadi, hatto joyidan ham qimirlamadi.
- Zog'ora yemas ekan, - dedi Abdulla.
Gulchehra indamadi. Uning ikkala ko'zi jiqqa yosh edi.
- Nega yig'laysan? - so'radi Abdulla.
- Nega yemaydi?! Och qolsa maylimi?! - Gulchehra o'zini tutolmay yig'lab yubordi.
- To'xta, - dedi Abdulla. - Yig'lamagin. Bir ish qilamiz...
- Qanaqa ish? - ko'zlarini ishqalab so'radi Gulchehra.
- Amaki kelishini poylaymiz. Qani u nima berarkin?
- Bo'pti! - dedi Gulchehra sevinib.
Ular o'sha kuni allamahalgacha Dadavoy amakining yo'lini poylab o'tirishdi. Nihoyat u keldi. Bolalar uning qo'lida katta sumka ko'rishdi. Ichkariga kirganda esa, ko'cha eshikdan uni kuzatishdi.
Dadavoy amaki jinchiroq yoqib, tomga ko'tarildi. Nimalardir deb gapirdi, bolalar anglashmadi. Keyin burgutni oyog'idan tortib, qo'ltiqladi-da, pastga tushdi. Jinchiroqni hovlining o'rtasiga qo'yib, sumkasini yerga ag'dardi va burgutni qo'yib yubordi. Burgut yerda to'kilib yotgan qora narsalar atrofida bir-ikki aylanib, cho'qilay boshladi. Dadavoy amaki zanjirni uzun qo'yib yuborgancha uning harakatlariga tikilib o'tirdi-da, shivirlab:
- Javr bo'ldi senga, jonivor, javr bo'ldi, - dedi.
- Go'sht beryapti, - dedi sekin Abdulla Gulchehraning qulog'iga.
Gulchehra boshini qimirlatdi.
Dadavoy amaki burgutni tomga olib chiqib qo'yganda ular ketishdi. Lekin ikkalasi ham tun bo'yi burgutni o'ylab chiqishdi. Ertalab esa yana shu yerga kelishdi. Burgut kechagidek mo'rining yonida bukchayib turardi.
- Nega javr bo'ldi, dedi? Bildingmi? - so'radi Gulchehra.
- Yo'q.
-Unda ham go'sht yo'q. Shuning uchun javr bo'ldi dedi, - tushuntirdi Gulchehra.
- Bilmadim.
- Bilmadim emas, aniq, - dedi Gulchehra, keyin Abdullani turtdi. - Qo'yib yubormaymizmi uni?
Abdulla bu gapdan cho'chib tushdi.
- Amaki dod deb yuboradi.
- Bilib o'tiribdimi? - dedi Gulchehra. - Bechora bunaqada o'lib qoladi. Bo'shatib yuboramiz.
- Hozirmi? - ikkilanib so'radi Abdulla.
- Qorong'i tushganda.
- Mayli.
Kechqurun ular devordan oshib, Dadavoy amakining hovlisiga tushishdi. Ayvonning burchagidagi ustun qozig'ida uzun zanjir osilib turardi. Uning yarmi qoziqqa o'ralgan bo'lib, yarmi tomda burgutning oyog'iga bog'langan edi. Abdulla zanjirni yechdi va bir-ikki siltab tortdi. Burgut tomning zihiga yaqinlashdi, lekin uchishni Hayoliga ham keltirmadi.
- Oyog'idan bo'shatish kerak, - dedi Gulchehra.
- Qanday qilib? Cho'qib olsachi?
- Ustiga qop tashlaymiz.
Ular tomga chiqishdi. Zanjir burgutning oyog'iga omonatgina ilib qo'yilgan ekan, yechish qiyin bo'lmadi. Yechib bo'lib, zanjirni hovliga tashlashganda esa, ku-tilmagan voqea yuz berdi. Burgut uchmadi. Aksincha, tomdan tushishayotganda ularning ketidan yurib, narvonga yaqinlashganda to'xtadi-da, yana hurpayib, boshini qanotlari orasiga yashirdi.
- Uchmayapti-ku? - hayron bo'ldi Abdulla.
- Haydash kerak, - dedi Gulchehra.
U shunday deb devor orqali tomga ko'tarildi va uzun bir tayoq bilan burgutni hayday boshladi. Ammo burgut joyidan qimirlamasdi. Bir gal Gulchehra uni qattiq itarib yubordi shekilli, burgut gandiraklab qanotlarini yoydi va o'zini tutolmay hovliga sekin uchib tushdi. Shunda bolalar uning qanotlari qirqilganini ko'rishdi va qilgan ishlaridan qo'rqib ketishdi. Burgut esa ayvon oldida savlat bilan bir-ikki aylanib, kecha ovqat yegan joyiga bordi-da, yana buk-chayib tumshug'ini qanoti ichiga yashirdi.
- Nima qilamiz endi? - so'radi Gulchehra. Abdulla birinchi marta uning cho'chiganini sezdi.
Lekin nima deb javob berishi mumkin? U ham Gulchehradek nima qilishini bilmasdi. Shuning uchun yelkalarini qisdi. Bolalar ancha vaqt burgutga termilib, o'ylashdi. Lekin ikkalovining Hayoliga hech qanday fikr kelmadi. Nihoyat bo'shashib ostonaga o'tirishdi.
- Yaxshi ham boshqa bolalar bilishmadi, - dedi Gulchehra xo'rsinib. - Bilishganda, bittasi emas, bittasi aytib qo'yardi.
- Ha, - rozi bo'ldi Abdulla, - rosa to'polon bo'lardi.
- Men amakidan qo'rqaman. Ko'zi yomon. Gulchehra Dadavoy amakining ko'zlarini ko'rsatmoqchi bo'lib, olaydi, o'xshata olmadi. Abdulla kulib yubordi.
- Nega kulasan?
- Amaki ko'zlarini hech shunaqa olaytirmaydi, - dedi Abdulla. - Uning ko'zlari doim bir xil - sovuq.
- Olayadi! - dedi Gulchehra o'zinikini ma'qullab.
- Olaymaydi.
- Olayadi!
- Xo'p, seniki ma'qul. Menga qara, - dedi Abdulla u bilan tortishish foydasizligini tushunib, - yaxshisi ketaylik. Amaki kelib qolsa ikkalamizni ham sog' qo'ymaydi. Nima deding?
Bu gap Gulchehraga ma'qul tushdi. Ular o'rinlaridan turib eshik tomon yo'l olishdi. Lekin hali besh qadam ham yurmagan edilarki, burgut ularning ketidan yurdi. Abdulla eshikni ochish o'rniga hovlining orqa tomoniga qochdi. Gulchehra ham uning ketidan yugurdi. Burgut ulardan bir qadam orqada qolmasdi, ular to'xtasa to'xtar, chopsa chopardi. Yana ayvonga qaytib kelishganda Gulchehra o'zini tutolmay yig'lab yubordi.
- Endi nima qilamiz?
Abdulla indamadi. Uni ham qo'rquv bosgan edi. Shu alfozda ular qancha turishdi, bilishmaydi, bir mahal ko'cha eshik g'irchillab ochilib, Dadavoy amaki kirib keldi. Qo'lida har doimgidek katta sumka, boshida uchi nayza qalpog'i. U ayvonga yaqinlashganda bolalarni ko'rib qoldi.
- Kimsanlar?
Bolalar indashmadi. Ikkalovi ham sovuq yegan odamdek qalt-qalt qilardi.
Ulardan sado chiqmagach, Dadavoy amaki ayvonga ko'tarilib jinchiroqni yokdi.
- Ha, - dedi u Gulchehraga chiroqni tutib. - Yusufning qizimisan? Bu bola kim?
Gulchehra javob berish o'rniga yig'lay boshladi.
- Nega yig'laysan? Qanday kirib qoldilaring bu yerga?
Yana ikkalovidan sado chiqmadi.
- Mayli, gapirmasalaring gapirmalaring, - dedi Dadavoy amaki sumkasini ko'tarib. - Men ham yoshligimda sho'x edim. Qo'shnilarning na devori, na tomi qolgan mendan.
U shunday deb, hovliga tushdi-yu, shumshayib turgan burgutni ko'rib qoldi.
- Mana bu ishlaring chakki bo'pti, - dedi u hamma narsaga tushunib. - Ko'r odam hassasiz yurolmaydi. Bu burgut ham ko'r, ham qari. Na ucha oladi, na ko'ra oladi. Bir cho'pon o'rtog'im urushga ketayotganda menga topshirdi: senda tursin, menga ko'p yaxshilik qildi, qariganida xor bo'lmasin, dedi. Ikki yildan beri men boqib yuribman. Bu ishlaring chakki bo'libdi.
- Endi tegmaymiz, amaki, - dedi yig'i aralash Gulchehra.
- Ishonaman, qizim, ishonaman, - dedi amaki. Bizni urishadi deb qo'rqqan bolalar, o'sha kuni juda ezilib uylariga qaytishdi. Yaxshi odam ekan-ku, amaki?! o'ylardi ichida Abdulla. Lekin bir hafta o'tar-o'tmas u yo'q bo'lib qoldi. U ham, burgut ham. Uning qayoqqa ketganligini uzoq vaqtgacha hech kim bilmadi. Urush tugagandan so'ng esa uning Ukrainada qahramonlarcha halok bo'lgani haqida xabar keldi. O'shanda ham yoz bo'lib, Abdulla kanikulga kelgan edi. Bu xabarni eshitib, Gulchehra ikkalovi ancha qayg'urishdi. Mana shu voqea, kim biladi, nima uchundir Abdullaning Hayolidan sira ko'tarilmasdi.
Hozir ham u sekin kanal bo'ylab uy tomon borar ekan, shu voqea barcha ikirchikirlari bilan uning ko'z oldida namoyon bo'lgan edi. O'sha paytlari Gulchehra o'g'il bolalardan farq qilmasdi. Endi-chi? Endi u butunlay boshqacha bo'lib ketibdi. Ilgarigi sho'xliklari, yugurib-elishlari qani? Shunday o'ylar ekan, Abdulla qaysi bir yili (o'shanda yettinchi sinfda bo'lishsa kerak) jamoa rejani bajarib, to'y qilib berganda, birga ot minishganini esladi. Ha, Gulchehra o'shandayoq boshqacha bo'lib qolgan edi. O'lar kanal bo'ylab borishar ekan, Abdulla uning yelkasiga qo'llarini qo'yganda o'zini tortgan va shu bilan katta bo'lib qolishganini bildirgan edi.
Ancha sayr qilishdi. Keyin qaysi bir brigadaning hovuz bo'yiga qurilgan shiyponida Hayol surishdi. Shiyponda ulardan boshqa hech kim yo'q, hamma xo'jalik bog'idagi to'yda, dala jimjit edi. Gulchehra tirsaklarini shiypon panjarasiga tirab, hovuzga termilgancha o'tirardi.
- O'ylayapsanmi? - so'radi Abdulla.
- Ha, - dedi sekingina Gulchehra. - Kim bo'lishimizni o'ylayapman.
Abdulla kuldi.
- Kim bo'lar ekanmiz?
- Sen olim bo'lasan.
- Olim? - hayron bo'ldi Abdulla.
- Ha, sen olim bo'lasan. Katta papka tutib, ko'zoynak taqib yurasan.
- Qo'ysang-chi! - ichida sevinsa ham, zarda qildi Abdulla.
- Yo'q, rost, ko'rib turibman.
- O'zing-chi? O'zing kim bo'lasan?
- Menmi? - Gulchehra o'ylanib qoldi. - Men... men me'mor bo'laman.
- O'h-ho', - dedi Abdulla, - juda baland ketding-ku!
- Nimasi baland? Sen olim bo'lganingda, men me'mor bo'lolmaymanmi? Harholda shunga o'qiyman. Chiroyli uylar quraman, shahar quraman. Balki Mingbuloq me'mori bo'larman...
- Qishloqning ham me'mori bo'lar ekanmi?
- Nega bo'lmas ekan? Hozir bo'lmasa, keyin bo'lar. O'shanda baland-baland, chiroyli uylar quraman. Keyinchi... Keyin...
Gulchehra keyin nima qilishini aytolmadi.
- Men kim bo'lishimni hali bilmayman, - dedi Abdulla. - Dadam, hozir o'qishdan boshqa narsani o'ylama, deydilar.
- Men bo'lsam, ko'p o'ylayman. Bir - shifokor bo'lgim keladi, bir - muhandis. Hozir endi me'mor bo'lgim kelyapti. Nima deysan, qaysi biri yaxshi ekan-a?
- Hammasi ham yaxshi bo'lsa kerak, - dedi Abdulla ikkilanib. - Yaxshi bo'lmasa odamlarning hammasi yo shifokor, yo muhandis bo'lardi, Boshqa ishni tanlamasdi. - Bu fikr o'ziga ma'qul keldi shekilli, qat'iy qilib qo'shib qo'ydi: - Hammasi ham yaxshi.
Gulchehra indamadi, yoki yana o'z Hayollariga beri-lib, uni eshitmadi.
Hozir u kim bo'lmoqchi ekan? - o'yladi Abdulla. Shu payt kimdir uni turtdi.
- Salom!
Abdulla boshini ko'tardi. Ro'parasida o'zi tengi ikkita yigit turardi. Abdulla ularni tanidi. Biri - Qosimjon, ikkinchisi - Samad edi.
- Hayol surib qolibsan? - dedi Qosimjon qo'lini uzatib.
- Ovga chiquvdik, - dedi Abdulla yigitlar bilan ko'rishar ekan. - Yaxshimisizlar?
- Rahmat, - Qosimjon qo'lidagi tanburga ishora qilib, dedi: - Maktabni tugatdik. Kechqurun ziyofat. Repetitsiyaga ketyapmiz.
- Sen ham bitirding shekilli? - so'radi ikkinchi yigit.
- Ha, - dedi Abdulla.
- Yaxshi bitirdingmi?
- Yomon emas, - Abdulla oltin medal olganini aytishga uyaldi. - O'zlaring-chi?
- Biz ham shu, - dedi Qosimjon. - Qachon kelding?
- Kecha.
- Hali shu yerdamisan?
- H.
- Bo'lmasa kechqurun maktabga kel. Bir yayraymiz, xo'pmi?
- Mayli, - dedi Abdulla Gulchehraning ham taklif qilganini eslab.
- Ziyofat zo'r bo'ladi, - gapga aralashdi ikkinchi yigit. - Raisning o'zi qilib beryapti.
- Zo'r-ku, - dedi jilmayib Abdulla.
- Zo'r bo'lganda qandoq! Xo'jalikka kadrlar kerak. Biz tayyor kadr. Ziyofat shunga qarabda.
Uchalovi kulishdi.
- Kelgin-a, albatta! - dedi Qosimjon o'rtog'ini qo'ltiqlab. - Hayrlashmaymiz.
Yigitlar ketishdi. Abdulla uyga kirganda Hojar buvi vodoprovod tagida chordona qurib, bedana tozalab o'tirardi.
- Qayoqda qolib ketding, bolam! - dedi u nevara-sini ko'rib.
- O'rtoqlarimni ko'rib qoldim.
- Tog'ang kelinoyingning oldiga ketdi. Tushlikka keladi. Yaxshilab osh qilib beraman. Bolam-ey, bo-lam-ey, qadami qutlug' bolam-ey! Qorning ham ochgandir?
Kampir yana nimalardir deb, o'choq boshiga ketdi, Abdulla u olib kelgan shirguruchni ezmalanib yer ekan, ko'z oldidan savat ko'targan Gulchehra ketmas edi. Yaxshi qiz bo'libdi, - o'ylardi u, - judayam yaxshi qiz. Besh-olti kun qolaman qishloqda. U shu fikrga kelib jilmaydi-da, yumshoq par yostiqqa yonboshladi. Shu payt u bir bolaning Buvi! deb chaqirganini eshitdi.
- Kela qol, nima deysan? - dedi kampir. Bola nimadir dedi.
- Ana, ayvonga bora qol, ayvonda o'tiribdi, - dedi.
- Kim ekan? - o'yladi Abdulla va hovliga qaradi.
Yuziga jo'xori donalari yopishgan besh-olti yashar qop-qora bola sochiqqa o'ralgan bir narsa ko'tarib kelardi. Narsa issiq bo'lsa kerak, hu-hulab dam u qo'liga, dam bu qo'liga olardi. Ostonaga yetganda u dedi:
- Abdulla aka sizmisiz?
- Ha, nima edi? - so'radi Abdulla.
- Mavini opay berdila.
- Nima bu?
- Jo'xoyi. Issiq.
Bola shunday deb sochiqni yozib yubordi. Uch-to'rtta qip-qizil qilib pishirilgan jo'xori kigiz ustiga dumalab ketdi.
Abdulla rahmat deb ulgurmay, bola xuddi birov quvgandek, qochib ketdi. Gulchehra! - o'yladi Abdulla yuziga tabassum yugurib va qo'lini kuydiradigan darajada issiq jo'xoridan olib tishladi. Unga shu paytgacha qo'rda pishgan jo'xori bunchalik shirin tuyulmagan edi.

#FFFF80 IV

#white Kechqurun u maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugab, o'yin-kulgi avjiga chiqqan edi. Qosimjon hovlining o'rtasida turib olib, va'zxonlik qilar, lekin hech kim unga quloq solmas edi. Hammaning ko'zi uzun stolning burchagida dutorga jo'r bo'lib qo'shiq aytayotgan qizda edi. Abdulla ham beixtiyor to'xtab quloq sola boshladi. Qiz har to'rtlikni aytib bo'lganda sho'x kulgi ko'tarilar, lekin Abdulla uning nima aytayotganini anglay olmadi. Qiz besh-oltita to'rtlikni aytib bo'lgach, gulduros qarsak ko'tarildi. Qosimjon, menga chalishyapti, deb o'yladi shekilli, tantanali vaziyatda qo'llarini ko'ksiga qo'yib, minnatdorchilik bildirdi va shu top Abdullani ko'rib qoldi.
- E, kelardingiz-da, o'rtoq medalist? - dedi u baland ovoz bilan.
U hazillashdimi, yo kinoya qildimi, Abdulla anglamadi, uning ikki ko'zi hovliga gir aylantirib qo'yilgan stol atrofidagi odamlarda edi. U Gulchehrani axtarardi.
- O'rtoqlar! Bir daqiqa diqqat! - qichqirdi Qosimjon. - Bizning kechamizga Parijdan, e kechira-sizlar, Toshkentdan o'rtoq Abdulla Sharipov tashrif buyurdilar.
Besh-olti joydan qarsak ko'tarildi. Qosimjon ga-pida davom etdi:
- O'rtoq Sharipov siz-bizga o'xshagan oddiy odam emas. U kishi maktabni oltin medal bilan tamomladilar. Ura, o'rtoqlar!
Abdulla bu gapdan ensasi qotib, o'zini chetga ol-moqchi bo'ldi, lekin Qosimjon uni qo'lidan mahkam ushlaganicha, dasturxonning to'riga tortdi. Abdulla uning kayfi borligini payqab, qarshilik qilmadi va u ko'rsatgan joyga borib o'girdi. Negadir hech qayerda Gulchehra ko'rinmasdi. Kelmadimikan? - o'yladi xa-votirlanib Abdulla. - Agar kelmagan bo'lsa, birpas o'tirib ketaman.
- Hafa bo'lma, - dedi qayoqdandir uning yonida paydo bo'lib qolgan Samad. - Birinchi ichishi...
- Zarari yo'q, - dedi jilmayishga harakat qilib Abdulla.
- Kechani o'zimizga qo'yib berishdi. Attestat topshirilgandan keyin hamma kattalar ketdi, - dedi Samad. - Direktorimiz yaxshi odam, shuni talab qildi.
- Kosagul! - qichqirdi shu tob yana Qosimjon uch marta qars urib. - May!
Kimdir Abdullaning oldiga ochilmagan Shampanskoe keltirib qo'ydi.
- Ozgina ich, - dedi Samad. - Harholda mustaqil bo'ldik endi.
- Mayli. Och.
- Paqillatamizmi? Abdulla yelkalarini qisdi.
- Ixtiyoring.
Samad shisha qopqog'ini yarmiga ko'targan edi, sharob otilib, dasturxonga to'kilib ketdi.
- Mayli, - dedi Samad.- Hayotimiz shunday toshqin bo'lsin. Kel, shunga ichamiz.
Fujerlar jarangladi. Abdulla bir qultum yutib, stolga qo'ydi.
- Nega ichmading? Bu Qosimjon edi.
- Yo biz bilan ichmaysanmi?
- Nega? Faqat hozir ichgim kelmayapti.
- Bo'lmasa men ichaman.
Qosim piyolani to'latdi. Endi og'ziga olib borgan edi, Samad uning qo'lini tutdi.
- Bo'ldi. Ko'p ichib yubording.
- Qo'yib yubor! - Qosimjon siltanib qo'lini bo'shatgan edi, vino ko'ylagiga to'kilib ketdi. Lekin u parvo qilmay, qolganini qalqib-qalqib ichdi. Keyin gandiraklab stolga yaqinlashdi-da, piyolani qo'ydi va birdan yig'lab yubordi.
- Abdulla, do'stim! Men sevinchimdan emas, ala-mimdan ichaman, alamimdan. G'alamislar meni yo'ldan urdi. Bu yerda qolishni istamayman! Tushunasanmi, Abdulla?! Shaharga ketishni istayman, shaharda o'qigim keladi. Bu yerda nima bor? Paxta, paxta va yana paxta!..
- Aljirama, Qosim! - dedi Samad.
- Aljirayotganim yo'q. Rostmi gapim, yo yolg'onmi?
- Yolg'on!
- O'zingni aldama! Bilaman, sen ham qishloqni yomon ko'rasan. Xuddi menga o'xshab yomon ko'rasan. Lekin qo'rqasan aytishga! Men qo'rqmayman! Men rostini aytaman. Qishloq mana bu yerimga keldi, mana bu yerimga!..
Qosimjon hiqildog'iga qo'lining zihi bilan urib yig'lardi.
- Olib ketsalaring-chi! - dedi qizlardan kimdir. - Aynib qoldi-ku!
Ikkita yigit Qosimjonni qo'ltiqlab olib, nimadir deyishdi. Qosimjon yig'i aralash qiqirlab kuldi-da, qarshilik ko'rsatmay, ular bilan ketdi.
- Nima bo'ldi? - so'radi Abdulla.
- Hech narsa, - dedi Samad kulib. - Jinnilik qilyapti, xolos. Ikki kun burun hammamiz qishloqda qolishga qaror qildik.
- Qishloqda qolishga? - hayron bo'ldi Abdulla.
- Ha, Qosimjon ham rozi bo'lgan edi. Bilasan, qishloqda doim odam yetishmaydi. Shuning uchunmi, xo'jaligimiz ancha qoloq, kambag'al. Bizning foydamiz tegishi mumkin. Kattalar juda hursand bo'lishdi qarorimizni eshitib. Ziyofat shuning uchun ham quyuq.
- O'qimaysizlarmi?
- Nega o'qimas ekanmiz? - dedi Samad hafa bo'lganday. - O'qiymiz. Hammamiz o'qiymiz. Faqat sirtdan o'qiymiz. Men, masalan, qishloq xo'jalik institutiga kiraman. Qosimjon pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga kiradi. Sezgandirsiz, uning kim bo'lishini gaplari ham aytib turibdi. Ana shunaqa, ham ishlaymiz, ham o'qiymiz. Bilmadim, nega Qosim birdan aynib qoldi?.. Endi nima bo'ladi?
- Nima bo'lardi, - dedi Samad o'ylanib. - Nima istasa shu. Ketmoqchi bo'lsa qarshilik qiladigan odam yo'q. Qishloqda qolish majburiy emas. Bu har kimning ko'ngil ishi.
- Sening hammi?
- Mening ham.
- Nega bo'lmasa Qosimjon senga, qishloqni yomon ko'rasan, dedi? - so'radi jilmayib Abdulla.
- U to'g'ri aytdi, - dedi Samad vazminlik bilan. - Lekin qishloqni emas, qishlog'imizni yomon ko'raman. Qanday tushuntirsam ekan? Bilasanmi, Mingbuloq o'zi yaxnsh, suv serob. Lekin u qarovsiz. Ko'chalari tor, qing'ir-qiyshiq. Buning ustiga yozda chang bo'ladi, qishda doim loy. Uylarni aytmaysanmi? O'n-o'n besh uyni hisobga olmaganda, o'zimizning eski qamish tomli uylar. Yana ko'i iarsa yoqmaydi. Foydasi yo'q hozir gapirishni.
Biz bu haqda Gulchehra bilan ko'p o'ylaymiz...
- Gulchehra bilan?
- Ha, unga ham qishlog'imiz yoqmaydi. Ana shunaqa, Abdulla. Lekin besh-o'n yil o'tsin, Mingbuloq juda boshqacha bo'lib ketadi. Taniy olmay qolasan.
- Aytganing kelsin, - dedi Abdulla atrofga alsshglab.
U Gulchehraning nomini eshitishi bilan qulog'iga gap kirmay qolgan, lekin uning qayerdaligini so'rashga negadir botinolmay o'tirardi. Gulchehra ko'rinmadi, u sekin o'rnidan turdi.
- Qayoqqa? - so'radi Samad.
- Boray, kech bo'lib qoldi, - dedi iymanib Abdulla.
- To'xta, hozir osh keladi. Gulchehra qozon boshida. Kechaning boshlig'i u. Uning ruxsatisiz ketmaysan.
Abdulla sevinib ketdi. Ammo buni sezdirmaslikka harakat qilib:
- Ancha o'tirib qoldim, - dedi.
- Hech nima qilmaydi. Bu kecha hech kim bizni urishmaydi.
Abdulla ilojim qancha degandek, sekin joyiga o'tirdi.
Kimdir radiola qo'yib yubordi. Vals yangray boshladi.
- Tur, - dedi Samad. - Harholda shaxdrliksan, boshlab ber.
- Ikkalamiz.
Ular o'rtaga tushishdi. Abdulla Samadni qo'ltiqladi. Hovlini bir aylanib chiqishgach, ikkita qizni o'rtaga tortishdi. Boshqalar ham birin-ketin o'rinlaridan turishdi. Abdulla olib yurgan sariqqina, nimjon qiz uning ko'kragiga qo'llarini omonatgina qo'yib aylanar ekan, uyalganidanmi, yomon tushishidanmi, boshini yerdan ko'tarmasdi. Abdulla bunga parvo qilmas, har aylanganida: Qani endi shu qizning o'rnida hozir Gulchehra bo'lsa? - deya o'ylardi. - Tonggacha u bilan tushardim, zerikmasdim.
Vals yarmiga yetganda o'rtada uch-to'rt juft odam qoldi. Hamma to'xtab, Abdullaga tikilardi. Abdulla chindan ham valsga yaxshi tushardi. Maktabda undan o'tadigani yo'q edi. Kechalarda qizlar ko'pincha u bilan raqs tushishni, uning olib yurishini orzu qilishar edi. Hozir ham Abdulla hammani o'ziga mahliyo qilib qo'ygan edi.
Nihoyat vals tindi. Qarsak ko'tarildi. Shundagina Abdulla hamma qarab turganini sezdi. Uyalib jilmaydi-da, qizni joyiga o'tqazib, to'rga yo'l oldi. Endi o'tirayotgan edi, tanish qo'ng'iroq ovoz quloqlari tagida jarangladi.
- Yaxshi tushar ekansiz!..
Abdulla o'girildi. Ro'parasida oppoq guruch tishlari marvariddek yarqirab Gulchehra turardi. Abdulla lol bo'lib qoldi. U Gulchehraning bunchalik chiroyli ekanligini Hayoliga keltirmagan edi. Egnida keng qizil atlas ko'ylak, baland poshna oq tuflisi kichkina oyoqlariga chippa yopishgan, ikkita qilib o'rilgan sochlarining bir o'rimi ko'kragi ustidan tushib, jingalak uchi zulukdek titrab turardi. Shodligidanmi, olov tepasida turganidanmi ikki yuzi anordek qip-qizargan, chimirilgan qoshlari ostida yirik, sho'x ko'zlari cho'g'dek yonardi. Abdulla bu ko'zlarning taftiga chidash berolmay, yerga qaradi.
- Ko'rinmaysiz? Gulchehra kuldi.
- Bugun men ham izzatdaman, ham hizmatda. Lekin kelganingizni ko'rdim. Faqat oddingizga kelolmadim. Kechiring.
- Hechqisi yo'q. Samad bilan gaplashib o'tirdik. Lokin shu yerdaligingizni u aytmaganda, ketib qolardim.
- Nahotki?
- Rost.
- Unday bo'lsa, ketmaganingiz yaxshi bo'libdi. Endi bo'shadim.
- Bo'lmasa o'tiring, - Abdulla yonidan joy ko'rsatdi.
Ammo Gulchehra o'tirishga ulgurmadi. Radioladan yana vals jaranglay boshladi.
- Tushasizmi? - so'radi Abdulla.
- Siz bilan tushishga uyalaman, - dedi Gulchehra boshini quyi solib.
- Nega?
- Yaxshi bilmayman. Keyin mendan kulishingiz mumkin.
- Hammadan kulsam ham, sizdan kulmayman. Gulchehra yalt etib unga qaradi. Abdulla uni issiq qo'lidan ushlab o'rtaga olib chiqdi va ehtiyotlik bilan bslidan quchoqladi. Muzikaning yangi pardasi boshlanishi bilan, kutilmaganda, Gulchehra boshini ko'tardi, ikkala qo'lini Abdullaning yelkalariga tashladi-da, tovusdek suzib ketdi. Birinchi aylanishdayoq Abdulla upi olib yurish juda oson va juda yoqimli ekanini tushungan va ichida, boyagina Hayolidan o'tkazgan orzu-eiga yetishganidan cheksiz shod edi.
- Aldoqchi ekansiz? - dedi kulib Abdulla.
- Nega? - Gulchehra qoshlarini chimirdi.
- Juda yaxshi bilar ekansiz-ku?!
- Unchalik emas, - dedi Gulchehra va xo'rsindi... - Mingbuloqda tansa tushishmaydi. Mingbuloq shahar emas. Vaqt ham yo'q, imkoniyat ham yo'q.
- Nega? - hayron bo'ldi Abdulla. - Axir bugun...
- Bugun boshqa gap. Bugunni biz ko'pdan beri kutgan edik.
Abdulla Gulchehraning nima demoqchi ekanligiga tushunmadi. U hozir bu haqda o'ylashni, surishtirishni istamasdi ham. U Gulchehraning chehrasiga mahliyo edi... Yo'q, - o'ylardi u, - bunaqa qizni shaharda uchratmaganman. Yo'q. Ochiq, kibor emas. Innaykeyin, juda chiroyli. Ikki yil ichida u butunlay o'zgarib ketibdi. Qani endi u bilan shahar ko'chalarida yursang! Xdmmaning havasi kelardi, havasi kelishi turgan gap! U shunday o'ylardi va Gulchehraning jiddiy gaplarini eshitishni istamasdi. Vals tugamasa, tonggacha davom etsa! U shuni istardi. Lekin Gulchehra o'zining so'nggi gapi bilan paydo qilib qo'ygan kayfiyatdan uning qutulishi oson bo'lmadi. Harakatlaridagi ilgarigi hayajon susaydi, qizning birdaniga jiddiylashgani u bilan barobar oyoq tashlasa ham, musiqani boyagidek his qilmayotgan, uning yengil gaplarga bo'lgan jur'atini to'xtatgan, boyagina butun vujudida jo'sh urib turgan erkini qisib qo'ygan edi. Biroq nimadir deyishi kerak. Bir vals ikkinchisiga ulanib ketdi. Ular bo'lsa jim. Gulchehraning ko'zlari chetda, Hayoli parishon. Nega shunday bo'lib qoldi? Nega birdan o'zgardi?
- Boshingiz og'riyaptimi? - so'radi nihoyat Abdulla. Gulchehra jilmayishga harakat qildi.
- Yo'q, Hayol surib ketdim. Kechiring.
- Hechqisi yo'q. Men hafa qilib qo'ydimmi, deb qo'rqdim. Hafa qilmadimmi?
Gulchehra unga jilmayib boqdi-da, boshini qimir-latib qo'ydi. Shu boqishi Abdullaning yana chehrasini ochib yubordi. Ko'zlari muncha yaxshi? - Hayolidan o'tkazdi u. - Yo'q, bunaqa qiz shaharda yo'q.
- Gulchehra, - dedi u sevinchi jo'sh urib. - Yuring, bir aylanib kelamiz.
Abdulla bu fikr miyasiga qanday kelib qolganini o'zi sezmadi.
- Yuring, kanal bo'yiga boramiz. Hozir juda chiroyli bo'lsa kerak. Boramizmi?
Abdulla to'xtab, Gulchehraning tirsaklaridan ushladi.
- Yo'q demang. Yuring.
Gulchehra javob bermadi. Uning ko'zlari o'rtoqlarida edi. Lekin hech kim ularga parvo qilmasdi, hamma o'zi bilan o'zi ovora edi.
- Yuring!
Abdulla sevinganidan sakrab yuboray dedi.
Maktab tomondan eshitilayotgan musiqa, kulgi sadolarini hisobga olmaganda, o'sha kuni Mingbuloq osuda tun qo'ynida orom olardi. Osmon to'la yulduz. Yangi yetilgan kungaboqardek sarg'ayib turgan oyning nim rang shu'lalaridan olmazor hisobsiz kumush isirg'a taqqan edi.
Abdulla katta ko'chaga chiqquncha Gulchehraning soyasiga qarab bordi. Uning soyasi ham o'ziga o'xshagan chiroyli edi. Har qadam qo'yganida beliga tushib turgan soch o'rimlari uning soyasiga tegar va yana shunday tezlik bilan g'oyib bo'lardi. Abdulla soyani, xuddi joni bordek, bosib olmaslik uchun ehtiyotlik bilan oyoq qo'yar edi. Muyulishga kelganda iloji bo'lmadi, shunday sochining ustiga chap oyog'ini qo'ydi va xuddi tok urgandek cho'chib o'zini chetga oldi-da, Gulchehraga qaradi. Gulchehra ham soyalarga qarab kelayotgan ekan, k,oshlarini chimirib unga tikildi.
- Baribir bosib oldingiz!
- Og'ridimi? - qizning gapiga mos ohangda so'radi Abdulla.
- Juda ham, - dedi Gulchehra lablarini cho'chchaytirib va birdan xoxolab kulib yubordi.
Abdulla ham unga qo'shildi. Kulgi sabab bo'lib, maktabdan chiqishlari bilan o'rtaga tushgan uyatchanlik, yotsirash yo'qoldi.
Abdulla qizning qo'lini ushladi.
- Yaxshi-a?
- Juda ham! - dedi Gulchehra. - Kechasi men bu yeqqa hech kelmagan edim. Juda yaxshi. Suvni qarang, xuddi zar qog'ozga o'xshaydi. Yaxshi bo'ldi kelganimiz. Sizchi, siz hursandmisiz?
U Abdullaga o'girildi. Uning ko'zlari yonardi.
- Ha, - dedi Abdulla va uning qo'lini qisib qo'ydi.
Gulchehra indamadi. U birinchi marta oydin kechada sayr qilishidan chuqur hayajonda, har kuni, har soat ko'rib turadigan narsalari - kanal ustidagi bir yoq panjarasi singan ko'prik ham, yaproqlari kumush isir-g'alardek yaraqlab turgan olmazor ham, qo'ying-chi, ko'zga ko'rinib turgan hamma narsa unga hozir boshqacha tus olgandek sirli va qandaydir yoqimli tuyulardi.
Jimirlab oqayotgan suvga tikilar ekan, suv tagida oy bir qalqidi-yu, jilmayib uni imlaganday bo'ldi. Gulchehra beixtiyor:
- Yuring, nariroq boramiz, - dedi.
Abdulla uning yonida yo'lga tushdi. Tunning sehrli manzarasi Gulchehrani elitgan, uni qandaydir ilgari Hayolida ham paydo bo'lmagan o'zga bir dunyoga olib kirgan bo'lsa, Abdulla ham o'zini haligacha bilmagan g'alati shirin bir kayfiyatda his etardi.
- Sezyapsizmi? - dedi bir mahal Gulchehra.
- Nimani? - so'radi Abdulla unga tikilib. Ammo Gulchehra unga qaramasdi. Uning ko'zlari pastda, kanal bo'yida edi.
- Yalpiz...
- Yalpiz?
- Ha, Bechora shu paytda ham chiqibdi. Sezyapsizmi hidini?
Abdulla to'yib havo simirdi.
- Ha, yalpiz. Uzib beraymi?
- Qorong'i-ku, - dedi Gulchehra.
Lekin Abdulla unga quloq solmadi, qirg'oqqa yaqinlashib, o'tlarni titkilay ketdi. Gulchehra haq edi. Oydin kecha bo'lsa ham, oy shu'lasida ming xil o'tlar orasidan kichkina yalpiz shoxini topib bo'larmidi? Abdulla buni o'ylamasdi. Uning uchun hozir Gulchehraning chehrasini ochgan shu o'tni topishdan katta baxt yo'q edi. Bir qo'li bilan chimga yopishib, bir qo'li bilan kanalning shunday labini timirskilar ekan, topaman, albatta topaman, derdi ichida. Uning bu shashtidan shu tob hech kim, hech narsa qaytara olmasdi. Gulchehra buni sezdi, indamadi. Aksincha, tepadan turib, u bilan birgalikda dimog'ini qitiqlagan yalpizni axtara boshladi. U nihoyatda shod edi. Shu paytgacha hech kim uning istagini anglab, ko'nglini olmagan edi. Bugun ikki marta u orzusiga yetdi. Bu orzular kichkina bo'lsa ham, uni bax-tiyor qilgan edi. Ikkala orzusiga ham u bolalik o'rtog'i, g'oyibdan bugun tongda paydo bo'lib qolib, uning shodligiga shodlik qo'shgan Abdulla orqali yetishdi. Qanday ajoyib yigit bo'libdi u! - o'yladi u. - Qanday odobli, istarasi issiq. Nahotki odam ikki yilda shun-chalik o'zgarib ketsa? Yurarmikin? Shu savol Hayolidan o'tishi bilan u seskanib ketdi. Uning nima ishi bor? Rashk qilyaptimi? Shaharlik bo'lsa, keyin ittifoqo uchrashib qolishgan bo'lsa? Yursa yuraversin. Uning nima ishi bor? Gulchehra shunday deb yuragini tirnab o'tgan xavfni qaytarishga harakat qildi. Yursa yuraversin. Lekin u hozir Abdulladan minnatdor. Valsga tushmoqchi edi, Abdulla sezib taklif qildi. Yalpizni topmoqchi edi. Ana, qidiryapti. Topmasa ham mayli, uning istagini anglab, qidirganing o'zi katta gap. Har qanday yigit ham shunday qilavermaydi.
Abdulla qancha o'ylamasin, eslolmadi.
- Bahorda, deysizmi?
- Ha. Kechqurun edi. Men sizlarnikida edim. Zavod ayam, yalpiz yulib kelinglar, moshxo'rda qilyapman, dedilar, Keyin, ikkalamiz ketdik. Ho', to'g'on boshiga bordik. Chaman bo'lib yotuvdi o'shanda yalpiz. Endi teramiz deganimizda bir yomg'ir quydi, keyin do'l yog'di. - Gulchehra kulib yubordi.
- Nega kulyapsiz?
Gulchehra kulgidan o'zini to'xtata olmay, zo'rg'a gapida davom etdi:
- Bitta do'l... bitta yong'okdek do'l...- Gulchehra gapirolmadi.
- Ha, nima bo'ldi? - so'radi negadir uyalib Abdulla.
- Bitta yong'oqdek... do'l, - dedi Gulchehra, - boshingizga tushdi. Birpasda boshingiz g'urra bo'ldi. - Gulchehra yana kulib yubordi. - Ikkalamiz g'urrani ushlab, rosa yig'ladik.
- Esimda yo'q, - dedi beixtiyor boshini ushlab Abdulla. - Yig'loqi emasdim shekilli?..
- O'shanda rosa yig'lagansiz!
Gulchehra yana nimadir eslab, piq etdi-yu, Abdullaning uyalganini ko'rib, o'zini tutib qoldi.
- Lekin, yalpiz terganmiz. Bir etak yalpiz terganmiz.
- Uning hidi ham shunaqa edimi?
- Yo'q, - dedi Gulchehra birdan jiddiylashib. - Buning hidi yaxshi.
U shunday deb boshini egdi.
- Gulchehra...
- Hm...
- Nega qishloqda qolmoqchisiz?
Gulchehra javob bermadi. Ular anchagacha jim borishdi. Oldinda to'g'on boshidagi fonar ko'rindi. Ko'rshapalakmi, allaqanday katta bir narsa atrofida gir aylanib uchardi.
- Nahotki Mingbuloq Toshkentdan yaxshi bo'lsa?
- Mingbuloqni yaxshi ko'raman, - dedi nihoyat Gulchehra. - Uni Toshkentga solishtirib bo'lmaydi. Lekin bir kunmas-bir kun Mingbuloq ham chiroyli qishloq bo'ladi. Gap bunda emas.
- Nimada bo'lmasa?
- Men ketolmayman, - Gulchehra xo'rsindi. - Ayam kasal, dadamga kim qaraydi?
- Ikkalamizning ahvolimiz bir ekan, - dedi Abdulla. - Mening dadam kasal. Lekin bu sabab bo'lolmaydi. Siz o'qishingiz kerak.
- O'qiyman.
- Sirtdanmi?
- Ha.
- Sirtdan o'qish og'ir. Agar borganingizda... birga bo'lardik.
- Borolmayman. Innaykeyin, butun sinf kelishganmiz.
- Buning ahamiyati yo'q. Mana, Qosimjon voz kechdi shekilli.
- Kim biladi, bu hali noma'lum.
- Toshkentga borishingizni juda istardim.
- Rahmat, Abdulla. Lekin qishloqdan ketolmayman.
Bu gaplar ikkalovini ham o'ylantirib qo'ydi. Abdulla shunday yaxshi qizning qishloqda qolayotganini, uni endi buvisinikiga kelgandagina ko'rishi mumkinligini o'ylab, achinardi. O'shanda ham ko'ra olarmikan? Gulchehra endi katta qiz. Qishloqda esa yigitlar ko'p. Samad boya nima dedi? Biz qishloqning kelajagini ko'p o'ylaymiz Gulchehra bilan, dedi. Demak, Gulchehraga uning mayli bor. Tag'in kim biladi?.. Lekin Gulchehra Toshkentda o'qisa qanday yaxshi bo'lardi. Har kupi u bilan uchrashardi. Har kuni sayr qilishardi. Balki ularning aloqasi o'shanda bundan ham jiddiyroq bo'larmidi?!
Abdulla shunday o'ylar ekan, fonarga so'lg'in ko'zlarini tikib Hayol surib qolgan Gulchehradan nazarini ololmasdi. O'sha paytda Gulchehraning Hayollari g'amgin, kelajagi qorong'i Hayollar edi. U avval shuncha yildan beri ko'rishmagan tengdoshi bilan uchrashuv bunchalik jiddiy tus olishini kutmagan edi. Nima bo'libdi? Samad, Qosimjonlar qatori bir yigit. Ertalab ko'rdi. So'rashdi. Keyin, kechaga taklif qildi. Lekin shu birinchi uchrashuv uning yuragiga g'ulg'ula solib qo'ygandi.
Abdullaning nimasidir birinchi ko'rishidayoq uni o'ziga tortgan va kun bo'yi tezroq kech kirishini orziqib kutgan edi. Kechaga ham u o'zining eng sevimli ko'ylagini kiydi. Avval ham shu ko'ylakni kiyishni o'ylab qo'ygan edi. Lekin Abdullani ko'rganidan keyin bu fikr qat'iylandi, ko'ylakni qandaydir yoqimli hayajon bilan kiyib, ancha vaqt o'zini oynaga soldi. Puning ustiga u hech qachon bunchalik diqqat va quvonch bilan pardoz qilmagan edi. Abdulla shularni sezdimikan? Aftidan, sezdi. Kechada ko'rishganda mahliyo bo'lib qoldi. Mana hozir ham ko'zlarini uzolmay tu-ribdi. Chindan ham u bilan bir joyda o'qish, bir joyda bo'lish yaxshi emasmi? Lekin nega borolmayman, sirtdan o'qiyman, dedi? Ko'ngil uchun bo'lsa ham o'ylab ko'raman, hali bir yarim oy vaqt bor, desa bo'lmasmidi? Nahotki ayasining betobligi katta shaharga borib o'qishga yo'l qo'ymasa! Abdulla ham bu sabab emas, de-yapti-ku! Shunday emasmikan? Yo'q, yo'q, borolmaydi. Axir qishloqda qolishni taklif qilgan o'zi edi-ku?
- Hali kech emas, Gulchehra, - dedi Abdulla jimlikni buzib.
Gulchehraning Hayollari bo'lindi.
- Ha, - dedi negadir u va g'amgin jilmaydi. Abdulla xuddi shu javobni kutib turgandek, sevinib ketdi.
- Albatta kech emas, - dedi u qizishib. - Har kim o'z ixtiyori bilan ish qilishi mumkin. Innaykeyin, bu masalada birovning maslahati bilan ish tutib bo'ladimi?
- Yuring, qaytamiz, - dedi Gulchehra gapni bo'lib. Uning hozir bir narsa degisi kelmadi. - Kech bo'lib qoldi, tarqalishayotgandir.
Abdulla qarshilik qilmadi. U hozir o'zini katta g'alabaga erishgan odamdek his qilardi. Gulchehraning ha deyishi unga rozi bo'lgandek tuyulgan edi va ichida qaytishni istamasa ham, shu bittagina ha tufayli Gulchehra nima desa, shunga tayyor edi.
- Bedana qalay? - so'radi u Gulchehrani ko'p o'ylatmaslikka intilib.
Gulchehra ham bu savoldan hursand bo'ldi. Uning shu ajoyib kechani g'amgin, murakkab Hayollar bilan buzgisi kelmasdi.
- Yaxshi! - dedi chehrasi ochilib. - Qanotini taxtakachlab qo'ydim. Ayam, tuzalib ketadi, deyaptilar. Tuzalganda qaytarib beraman. Lekin bitta sharti bi-lan...
- Qanday shart?
- Toshkentga olib ketasiz. Obid akamni yaxshi ko'raman, lekin qahrlari qattiq. O'ldirib qo'yishlari mumkin. Olib ketasizmi?
- Xo'p. Lekin men ham o'ldirib qo'yishim mumkin. Abdulla sinovchan nazar bilan Gulchehraga tikildi.
- Io'q, siz o'ldirmaysiz. Jo'xorizordayoq buni bilgan edim.
- Aytganday, jo'xori juda shirin ekan, rahmat. Hali ham og'zimda mazasi turibdi. Hozir bo'lganda - yo'q demasdim.
Gulchehra jilmaydi.
- Bugun endi kech, ertaga pishirib beraman, maylimi?
- Bo'lmasa-chi!
Ular ko'prikka yetib kelishdi. Gulchehra to'xtadi. Maktab tomondan hali ham musiqa ohanglari eshitidib turardi.
- Ketishmabdi...
- Birpas aylanamizmi? :- so'radi Abdulla.
- Yo'q. Ayam xavotir oladilar.
- Gulchehra!
- Labbay?
- Ertaga bo'shmisiz?
- Nimaydi?
- Agar... bo'sh bo'lsangiz, kechqurun jo'xorini o'zin-giz olib chiqing, men shu yerda kutib turaman. Xo'pmi?
Gulchehra indamadi.
- Iltimos qilaman.
- Qaydam?
Gulchehra qo'lini cho'zdi. Gulchehra uning issiq kaftiga kaftini bosdi.
Gulchehra yaxshi emas deganday boshini qimirlatdi va sekin qo'lini tortib bo'shatdi.
- Kelasiz-a?
Ammo Abdulla qizning javobini eshitmadi. Gulchehra xayr! dedi-da, o'kdek otilib uyiga kirib ketdi.

#FFFF80 V

#white Gulchehra ham, Abdulla ham tunni bo'lajak uchrashuv orzusida o'tkazishdi. Ikkalovi ham quvonchli tasodifdan cheksiz shod edi.
Gulchehra tong otishini sabrsizlik bilan kutar ekan, ikki o't orasiga tushib qolayotganini bilardi. Lekin baribir shirin daqiqalarni tabassum va hursandlik bilan eslashdan o'zini tiyolmasdi, u yonboshidan-bu yonboshiga ag'darilib, so'lib qolgan yalpizni yuziga bosardi.
Abdulla ertasiga ertalabdan boshlab Gulchehra bilan uchrashish yo'llarini axtara boshladi. Ular kechqurun uchrashishadi, Gulchehra jo'xori olib chiqadi, lekin ungacha yana bir marta bo'lsada ko'rish kerak. Abdulla xilma-xil rejalar tuzib ko'rdi. Bolalardan bittasini kiritmoqchi bo'ldi, lekin darrov bu fikridan qaytdi. Kim chaqiryapti deb ayasi so'rab qolsa, aytib qo'yishi mumkin. Gulchehralarnikida hech kim uning chaqirayotganini bilmasligi kerak. Bir marta bo'lsa mayli, boshqa kunlari nima qiladi? Keyin gumonsiray boshlashadi, balki Gulchehrani butunlay uydan chiqarmay qo'yishadi. Yusuf aka badjahl, innaykeyin, eski toifadagi kishilardan. Bola kiritish to'g'ri kelmaganidan so'ng, Abdulla, bog' tomondan ularning tashqarisiga o'tib poylamoqchi bo'ldi. Ko'rinib qolar axir hovlida? Ko'rishi bilan imlab chaqiradi. Lekin bu ham ma'qul tushmadi. Gulchehra istamasa-chi? Unda rosa uyatga qoladi-ku.
Shu xayollar bilan bo'lib, Hojar buvining dasturxon yozganini, oldiga bir tovoq qaymoq qo'yib, non sindirganini payqamadi ham. Kampir uni parishon ko'rib, havotirlandi.
- Yosh bola, nimalarni o'ylab qolding? Choyingni ichsangchi?
- Hozir! - dedi Abdulla va o'g'ridek boqqa tushmoqchi bo'lganini eslab, kuldi.
- Ha, kecha o'tirishinglar yaxshi bo'ldimi? Ancha kech qolding?
- Juda ham yaxshi bo'ldi, buvi.
- Tog'angni bir-ikki ko'chaga chiqardim xavotir bo'lib.
Abdulla tog'asining nomini eshitishi bilan kelinoyisining ahvolini surishtirmaganini o'ylab, uyalib ketdi. Nega bir og'iz so'rash Hayoliga kelmadi?
- Aytganday, buvi, kelinoyim tuzukmilar? Hojar buvi nevarasining bu savolidan hursand bo'lib ketdi.
- Xudoga shukur, yaxshi! Ertaga tog'ang olib keladi. Chaqaloq ham biram yaxshi, biram ko'hlik... Qosh-ko'zlari xuddi senga o'xshaydi. Ishqilib, umri uzoq bo'lsin!
- Buvi! - dedi Abdulla xatosini tuzatishni o'ylab. - Borib kelaymi men ham?
- Balnisagami?
- Ha!
- Qanday bo'larkin? - Hojar buvi o'ylanib qoldi, keyin dedi: - Yaxshisi, ertaga bor tog'ang bilan. Jiyaningni o'zing ko'tarib kel. Bugun nima deb ham borarding?
Abdulla yelkasidan og'ir yuk olingandek, o'zini yengil his qildi.
- Mayli, ertaga bo'lsa, ertaga.
U apil-tapil qo'lini artib, o'rnidan turdi.
- Ish-pish bormi menga, buvi!
- Choyingni ichmaysanmi?
- Bo'ldi.
- Voy, ovqat yeganing tushsin sening. Nima ish bo'lardi, ish yo'q. Beshik to'yida hizmat qilasan. Hozir o'yna.
Hojar buvi yana nimalarnidir dedi, lekin Abdulla eshitmadi. Uning xayoli ko'chada edi. Uchratarmikin? Kun bo'yi uyda o'tirmas-ku.
Abdulla ko'chaga chiqdi. Qishloq jim-jit edi. Hojar buvining ko'chaga qaragan boloxonasi tagida uch-to'rtta bola oshiq o'ynardi. Abdulla ularning tepasiga kelib, birpas qarab turdi. Hayoli boshqa yoqda bo'lgani uchun, o'yin uni qiziqtirmadi. Ko'chani kesib o'tib, ko'prik tomon yo'l oldi. Balki jo'xorizordadir? Yalt etib kelgan bu fikrdan u sevinib, qadamini tezlatdi. Ko'prikka yetganda, beixtiyor Gulchehralarning qizil darvozasiga qaradi. Eshik ochiq edi. Lekin hovlida hech kim ko'rinmadi. O'sha yoqdamikin? Koshki edi! Abdulla kanal yoqalab yura boshladi. Negadir bu gal yo'l juda olis ko'rindi. Ancha yurdi-yu, ammo hali ham qishloq tugamasdi. Nihoyat yetib keldi. Atrofga alanglab quloq soldi.
Na bironta odamning sharpasi ko'rindi, na bir shitirlagan tovush eshitildi. Hammayoq jim-jit. Abdulla jo'xorizor ichiga kirib, barglar ostidan atrofni kuzatdi, hech kim yo'q. Shunday bo'lsa ham, poyalar orasida engashib bir oz yurdi. Gulchehra ko'rinmadi. Dimiqib, terladi, jo'xori changi yuz-ko'zini achita boshladi. Shundan keyin jo'xorizordan chiqib, orqasiga qaytdi. Nahotki kechgacha endi uni uchratmasa?! Boqqa kiradi, ana o'sha yerda ko'radi uni.
Abdulla ko'prikka yetganda, Gulchehraning eshigidan ikki kishining hovliqib chiqqanini ko'rdi: bittasi Samad, bittasi esa Gulchehra edi. Samad qo'llarini yoyib nimadir dedi, Gulchehra yuzini berkitdi. Keyin ikkalovi qishloq yuqorisi tomon tez-tez yurib ketishdi.
- Samad! - qichqirdi Abdulla ularning orqasidan.
Samad to'xtamay, orqasiga o'girildi va Abdullani ko'rib, imladi. Abdulla xuddi shuni kutib turgandek, yugurib ularga yetib oldi.
- Tinchlikmi? - so'radi u dam Samadga, dam Gulchehraga qarab.
Gulchehra uyaldimi yo Hayoli boshqa yoqdamidi, indamadi.
- Qosimjonlarning uyida to'polon, - dedi Samad.
- Nega?
- Bilmadim. Ayasi bilan qattiq urishib qolibdi. Ular Qosimjonlarning uyiga yetib kelishganda, ichkaridan ayol kishining bo'g'iq ovozi eshitilardi:
- Kiraveramizmi? - so'radi Gulchehra.
- Ha, - dedi Samad va birinchi bo'lib ichkariga qadam qo'ydi.
Hovlining o'rtasidagi supada Qosimjonning ayasi - Zumrad xola o'tirardi. Uning ko'zlari nam, bir oyog'i shippaksiz edi. Shippak ostona tagida yotardi. Zumrad xola yoshlarning kirib kelganini yo ko'rmadi, yo o'zini ko'rmaganga soldi.
- Men seni shu niyat bilan katta qiluvdimmi?! Yurak-bag'rimni qon qilding!
- Bo'ldi-bo'ldi! Muncha cho'zilasiz... - ichkari xonadan Qosimjonning ovozi eshitildi.
- Nega bo'lar ekan? Endi boshlayman! Ha, endi boshlayman! Shoshmay tur!
Zumrad xola epchillik bilan o'rnidan turib, deraza oldiga keldi-da, mushtlarini bir-biriga ura boshladi.
- Bola o'stiribman deb yuribman hali! Ha, yashshamagur! Bolamas, balo o'stiribman! Bir balo ekansan! Na otaning gapi kor qiladi senga, na onaning! Nima qilmoqchisan o'zing, yer yutkur?! Ukalaringni o'ylasangchi!
Supaning orqasidan yuz-ko'zi qorakuya, oyoq yalang bir bola ko'tarilib, lapanglab keldi-da, ayasining etagiga yopishdi.
- Nari tur, zumrasha! - Zumrad xola shunday deb ko'ylagini tortgan edi, bola gurs etib yiqildi va big'illab yig'lay boshladi.
Gulchehra yugurib borib uni ko'tardi-da, bag'riga bosdi.
- Oppoq aya, bo'ldi, qo'ying!
- Nega qo'yar ekanman? O'qishing bilan qo'shmazor bo'lgurni nega qo'yar ekanman? Ikki kundan beri uyimning to's-to'polonini chiqardi-ku, nega qo'yar ekanman?
Zumrad xola Gulchehraning qo'lidan bolani yulib olib supaning labiga borib o'tirdi-da, og'ziga emchak soldi.
Samad uning bir oz tinchiganidan foydalanib, Qosimjonning oldiga kirib ketdi. Abdulla nima qilishini bilmay, eshik tagida turib qoldi.
- Tinchlikmi o'zi, oppoq aya? - so'radi Gulchehra.
- Aylanay, Gulchehra, tinchlik qayoqda? - Zumrad xola piqillab yig'lab yubordi, - Ikki kundan beri uyda janjal, ketarmish, Toshkentda o'qirmish. O'qimay o'lgur. Ne-ne umid bilan uni katta qiluvdim. Maktabni bitirib, otasiga suyanchiq bo'lar devdim! O'zingiz o'ylang, aylanay, oltita bolani boqish osonmi?
- Qo'ying, yig'lamang!
- Yig'lamay bo'ladimi, bolam? Yig'idan boshqa nimam qoldi? Odoyi tamom bo'ldim. Odoyi tamom!.. Hammalaring qoldilaring, bu ham qolsa - bo'yni uziladimi? Otasi yaxshi ham gapirib ko'rdi, yomon ham, qani quloq solsa?!
- U yoqda ham ishlayman. Oyligimni yuborib turaman, dedim-ku! - qichqirdi ichkaridan Qosimjon.
- Bu yerda ish yomonmi? Raisning gapini eshitding-ku, yer yutkur!
- Ketaman, baribir ketaman!
Zumrad xola bu gapni eshitib, bo'shashdi. Rangi devordek oqarib ketdi. Yupqa burushgan lablari nimanidir shivirladi. Keyin birdan o'rnidan turdi. Qo'lidagi bolani bir siltab, emchakdan oldi-da, Gulchehraga uzatib, deraza yoniga bordi.
- Ketasanmi?
- Ketaman!
- Tur, jo'na, hoziroq ket, ko'zimga ko'rinma, jo'na!
- Oppoq aya... - nimadir demoqchi bo'ldi Gulchehra, ammo gapi og'zida qoldi.
- Jo'na deyapman! - qichqirdi Zumrad xola.
- Xo'p, hozir...
Ko'p o'tmay ichkaridan Qosimjon, uning ketidan Samad chiqdi.
- Bekorga hafa bo'lyapsiz, aya... Men...
- Yo'qol!
Qosimjon chiqib ketdi. Samad bilan Abdulla bir-birlariga tikilib qolishdi, keyin ikkovi baravar Qosimjonning ketidan yugurishdi.
Zumrad xola derazaga suyanganicha bo'zarib qolgan, butun vujudi titrardi. Gulchehraning unga rahmi kelib, ko'zlaridan yosh chiqib ketdi, lekin u nima qilishini, nima deyishini bilmasdi.
O'sha kuni Qosimjon pulsiz, kiyim-boshsiz, bitta ko'ylak-shimda Qo'qonga jo'nadi.
- Boshqa ilojim yo'q, - dedi u Samad bilan Abdullaga, - Toshkentda ham sirtdan yo kechqurun o'qiyman. Kunduzi ishlayman. Qaytaga bu yerda ishlaganimdan ko'p pul topaman. Lekin gap bunda emas. Adabiyotchi kitob ko'p, odam ko'p joyda bo'lishi kerak.
- O'zing bilasan, - dedi Samad, - ishqilib, niyatingga yet.
Abdulla unga uyining adresini berdi va bir haftaga qolmay, borishini aytdi.
- Oyimni bir amallab tinchit, - dedi Qosimjon yo'lovchi mashinaga o'tirayotib. - Men endi biron ishning uddasidan chiqmagunimcha qaytmayman.
- Xat yoz.
- Albatta. Hammaga salom ayt!
Mashina yo'lga tushdi, ko'p o'tmay, chang ichida yo'qoldi.
- Balki u haqdir, - dedi Samad.
Abdulla indamadi. Hozirgina ko'z oldida yuz bergan voqea uni qattiq hayajonga solgan, Zumrad xolaga achinsa ham, Qosimjonning irodasiga qoyil qolgan edi.
Gulchehrani ham ko'ndirish kerak. Agar u Toshkentga ketsa, qanday yaxshi bo'ladi! Kecha ko'ngandek bo'ldi. Abdulla bugun yana shu haqda gapiradi. Qosimjonni misol qilib ko'rsatadi. Gulchehraning o'zi ham ko'rdi buni, o'zi janjalning guvohi bo'ldi. Aftidan, u Samad bilan Qosimjonni qolishga ko'ndirmoqchi edi, lekin bir og'iz ham gapirolmadi. Gapirganida ham u quloq solmasdi. Onasining gapiga kirmadi-ku, ularga quloq soladimi? Qosimjon uyidan chiqib ketayotganda Gulchehra juda xomush bo'lib qoldi. Balki unga havasi kelgandir. Nega ham havasi kelmasin? Mingbuloqda nima bor? Hammayoq chang-tuproq... Har kuni ish. Tag'in har kuni bir xil ish - oyda bir kino, oyda bir konsert... Mingbuloqda tag'in nima bor? Abdulla shularni o'ylar ekan, Gulchehraning ketishi aniqday ko'rindi ko'ziga va sabrsizlik bilan kech kirishini kuta boshladi. Kech esa, o'sha kuni juda kech kirdi. Buvisiga nimanidir g'o'ldirab bahona qilgan bo'ldi-da, ko'chaga chiqdi. Soat o'nga yaqinlashib qolgan edi. Qishloq har doimgidek tinch, ko'chada hech kim ko'rinmasdi. Abdulla ko'priqdan o'tib, kallaklangan tol tagiga borib o'tirdi. Tekis oqayotgan suv ichida yarim kulcha oy mo'ralab turardi. Abdulla uni poylab turib, kesak otmoqchi bo'lib qo'lini ko'tardi, ammo otmadi. Oyning ichida Gulchehraning jilmaygan ko'zlari ko'ringanday bo'lib ketdi. Abdulla tikilib qoldi. Oydan u o'tirgan joygacha uzun soya tushib turardi. Tolmikin? Shu savol Hayoliga keldi-yu, shoshib orqasiga o'girildi. Shunday uning tepa-sida ko'zlari lovillab Gulchehra turardi.
- Cho'chib tushdingizmi? - so'radi u jilmayib. Abdulla sakrab o'rnidan turdi.
- Ayam uxlashlari bilan chiqdim.
- Rahmat, - dedi sevinib Abdulla, - kelganing juda yaxshi bo'ldi. Ancha qo'rqqan edim.
- Men ham. Hech yolg'iz chiqmaganman kechqurun. Ko'p kutdingizmi?
- Yo'q, hozir keldim, - dedi Abdulla uni ranjitmaslik uchun.
- Juda yaxshi.
Ikkalovi jim qolishdi. Kun bo'yi ancha-muncha gapni o'ylab qo'ygan Abdulla hozir nima deyishini bilmasdi. Gulchehra ham uyalganidanmi, yo hayajonlanganidanmi jim edi. Bu jimlik ancha cho'zildi.
- Aytganday, - dedi nihoyat Abdulla, - jo'xori pishirdingizmi ?
- Voy, esimdan chiqibdi, - dedi shoshib Gulchehra. - Mana!
U po'stiga o'ralgan jo'xorini uzatdi. - Esidan chiqmabdi, - o'yladi sevinib Abdulla jo'xorini olar ekan.
- Jo'xorini juda yaxshi ko'raman.
Abdulla yemoqchi bo'lib og'ziga olib bordi-yu, lekin darrov bu fikridan qaytdi, uyaldi.
- Aylanamizmi?
- Kech-ku juda ham?
- Birpasgina, maylimi? Gulchehra jilmaydi.
- Mayli.
Abdulla sekin uning tirsagidan ushladi.
- Kerakmas, - dedi Gulchehra va qo'lini bo'shatib, oldinga tushdi.
Ular xuddi kechagidek kanal yoqalab ketishdi. Ikkalovi ham hursand, ikkalovining ham chehrasida tabassum o'ynardi.
- Gulchehra!..
- Hm-m...- Gulchehra boshini ko'tarib unga qaradi.
- Siz... siz juda chiroylisiz!..
- Qayoqda? Nahotki? - Gulchehra hayron bo'lib qoshlarini chimirdi, keyin o'z savolidan uyaldi shekilli, boshini egdi.
- Ha, juda chiroylisiz... Birinchi uchrashganimiz esingizdami? Ertalab? O'shandayoq hayron qolgan edim. Siz o'zgarib ketibsiz.
- Siz ham, - dedi sekingina Gulchehra. Abdulla kuldi.
- Yo'q, men o'sha-o'shaman.
- Men ham.
Abdulla uning bu gapini o'zicha tushundi.
- Nega bo'lmasa, sizsiradingiz?
- Qaydam? - Gulchehra yana boshini ko'tardi-da, Abdullaga jilmayib bokdi.
O'psam-chi? - Hayol qildi Abdulla shu topda. O'psam indamasmikin? - U Gulchehraning qo'lidan ushlab to'xtadi.
- Bilmaysizmi?
Gulchehra ham to'xtab, unga o'girildi.
- Yo'q.
Uning ovozi qaltirardi.
- Bilasiz. Gulchehra, menga qarang.
- Hm...
Gulchehra unga tikildi. Shu payt Abdulla uning chap yuzidan cho'lp etib o'pib oldi.
- Nima qilyapsiz? - Gulchehra shunday dedi-da, bir siltanib qo'lini bo'shatdi va bilagi bilan ko'zlarini yashirdi.
Abdulla uning bu harakatidan qo'rqib ketdi. Ketib qolsa-ya? Lekin Gulchehra ketmadi. Faqat bir-ikki qadam undan uzoqlashib, to'xtadi.
- Yaxshi emas... Sevmasdan turib shunday qilib bo'ladimi?
- Bo'ladi! - Abdulla shunday deb yana uning qo'lini ushladi. Gulchehra tisarildi. - To'xtang, Gulchehra, to'xtang! Gaplarim yolg'on, hazillashdim. Birinchi marta shunday qilishim. Yaxshi ko'raman sizni. Eshityapsizmi, yaxshi ko'raman!
Gulchehra nima deyishini bilmasdi. U bunchalik tez shu gaplarni eshitishni kutmagan, shunday bo'ladi deb o'ylamagandi. Abdulla uning jimgina turganini ko'rib, yelkasiga qo'lini qo'ydi. Issiq, yoqimli nafasi dimog'iga urildi.
- Nega indamaysiz?
Gulchehra jim edi. U boyagidek o'zini tortmas, qimirlamasdi. Birdan u titray boshladi, keyin, qiynalib yutindi. Abdulla xavotirlanib unga qaradi. Uning ko'zlari jiqqa yosh edi.
- Nima bo'ldi, Gulchehra? Hafa bo'ldingizmi? Gulchehra boshini tebratdi.
- Nega yig'layapsiz bo'lmasa?
- O'zim... shunday... Qachon ketasiz?
- Bilmayman, - dedi Abdulla uning savolidan hayron bo'lib, keyin so'radi: 
- Nimaydi?
- Ketmang.
Abdulla sevinchi ichiga sig'may uni bag'riga bosdi.
